Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

2. Sabrli bo‘lish.
O‘qishda, ilm olishda sabr va xohish talab etiladi. Sabr bir 
ishdagi to‘siqlarni engish uchun qat’iyatli bo‘lishdir. Yaxshi 
o‘quvchi unga etishadi, omadni qo‘lga kiritish uchun sabr bilan 
o‘qiydi.


– 313 –
3. Irodali bo‘lish
Inson hayoti davomida qiyinchilik va mashaq qatlarga duch 
kelganida iroda kuchi juda kerak bo‘ladi. O‘qishdan bezor bo‘lib, 
zerikkanlar qo‘rqmasdan kurashni davom ettirishi kerak. Bunga 
rejali va tartibli ishlash orqali erishish mumkin.
Istak va sabr bilan tartibli o‘qishni amalga oshirish kerak. Bu 
dasturning asosi har kuni tartib bilan dars qilish uchun o‘tirish va 
o‘qishdan o‘zini olib qochmaslikdir.
4. Ilm olishdan rohatlanish.
Mashqlarni bajarib, masalalarni echayotgan bola qilayotgan 
ishidan huzurlanishi va rohatlanishi kerak. O‘rganishdan qan-
cha xursand bo‘lsak, ma’lumotlarni eslab qolish shuncha oson 
bo‘ladi.
5. O‘qishga nisbatan xohishni uyg‘otish.
Ba’zida o‘qish istagi so‘nadi. Bu har kimda ham bo‘lishi mum-
kin. Ajdodlarimiz “boshlash bitirishning yarmidir”, deb bejiz ay-
tishmagan.
Qisqasi, o‘qishga kirishishdan oldin xohish bo‘lishini kutmay-
lik, darsga o‘tirganimizda u o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi.
Xohish bilan o‘qish uchun quyidagilarga e’tibor bering:
– masalani aniq echa olishingizga ishoning;
– o‘qishni boshlamasdan oldin mavzuga bog‘liq maqsad 
qo‘yish;
– o‘qiyotgan manbaga o‘zimizda qiziqish uyg‘otish;
– o‘qish davomida qayd etish, tagiga chizish, xulosa chiqarish 
kabi turli vositalarni qo‘llash.
6. O‘qishda tanaffus zarur.
Dars mobaynida biroz tanaffus qilish tanaffussiz o‘qishdan 
foydaliroq. Dam olib o‘qish ishni qisqa va tez fursatda bajarish-
ning sababidir.
Darsga tanaffus berish bir xillikdan qochish, kuchni oshirish, 
yanada unumli ishlashga yordam beradi. Tinimsiz dars qilish 
zehnni charchatadi, sabrni ketkazadi va ilmni qabul qilish im-
koniyatini kamaytiradi.
Lekin, dars orasidagi tanaffusni televizor ko‘rish, kompyuter 


– 314 –
o‘ynash, telefonda gaplashish bilan emas, balki toza havoda yu-
rish va jismoniy mashqlar qilish bilan o‘tkazish kerak.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling