Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Jismoniy mashqlarga beparvo bo‘lmaslik


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

10. Jismoniy mashqlarga beparvo bo‘lmaslik.
Sog‘lom bo‘lishni xohlaydigan har bir bola jismoniy mashqlar-
ni har doim bajarib turishi kerak. Chunki mashq orqali qon ay-
lanishi tezlashadi, miyamizga kislorod etib boradi, mushaklar 
kucha-yib, bo‘g‘inlarning harakatini ta’minlaydi, ruhiy taranglik 
kamayib, kuch-quvvat ortadi. Mashq tufayli yurak, buyrak, o‘pka 
va tomirlar kuchga to‘ladi, tomirlar kengayadi va elastik (egiluv-
chan) holga keladi.
Aziz bolalar, bu kabi mashqlarga beparvo bo‘lmang. Eng qulay 
mashq yurish va zinadan chiqib-tushish, ayniqsa, futbol, suzish, 
velosiped haydash, tennis, voleybol, basketbol kabi sport tur-
lari bilan shug‘ullanish lozim. Darsdan toliqqanimizda jismoniy 
mashqlar qilish foydali. Bu bilan dam olamiz, badanimiz va aq-
limizga kuch-quvvat qo‘shiladi.
11. Televizor, telefon va kompyuterdan uzoq bo‘lish.
Ta’lim olayotgan o‘quvchi e’tiborini jalb etadigan barcha 
narsadan uzoq bo‘lishi zarur. Hatto uyali aloqa vositasi ham xa-
laqit bergani uchun uni o‘chirib qo‘yishi kerak.
Dars vaqtida begonalar telefon qilsa, o‘quvchi dasrdan 
chalg‘iydi va xayoli bo‘linadi. Shuningdek, televizor qarshisida 
uzoq vaqt o‘tirish ancha vaqtimizni oladi va darsga kirishish oson 
bo‘lmaydi. Televizor dars qilishga to‘sqinlik qiladi.
Ba’zi o‘quvchilar dars jarayonida televizorga quloq solib, 
yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirishlari noto‘g‘ri. Bundan tashqari
kompyuter o‘yinlari o‘quvchini toliqtiradi. Undan faqat kerakli 
ishlardagina foydalanish lozim.
12. Vaqtida ovqatlanish muhim.
Aqliy mehnat bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchilar ovqatlanishga 
e’tibor berib ko‘p ovqat eyishdan tiyilishlari kerak. Ammo meva va 
sabzavotlarni ko‘p iste’mol qilinsa, sog‘liqqa shuncha foyda kelti-
radi. Asal, uzum, yong‘oq kabilar aqlni charxlaydi, xotirani kuchay-
tiradi. Taomlanishda qorinni haddan ziyod to‘ydirmaslik lozim. 
Shuningdek, juda kam taom eyish ham to‘g‘ri emas, balki me’yorida 
eyish talab etiladi. Luqmalarni yaxshilab chaynab, o‘tirib ovqatla-
nish kerak. Ammo turib yoki yurib ovqatlanish sog‘liqqa zararli.


– 316 –

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling