Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Mehnatkashlik kamolot omili
ziz bolalar, har bir inson o‘ziga mos ravishda biron ish 
bilan mashg‘ul bo‘ladi. Masalan, o‘quvchi bolalar ta’lim 
oladilar, shifokor davolaydi, haydovchi uzoqni yaqin qiladi va 
hokazo. Inson hayotda o‘z o‘rnini topish uchun doim ilm olishi va 
foydali ishlar bilan shug‘ullanishi kerak. Dangasalik, ishyoqmaslik 
zararli odat bo‘lib, dangasa bolalar dasrlarini tayyorlashga 
erinadilar. Tirishqoq bolalar esa darslarini vaqtida bajarib, ro‘zg‘or 
ishlarida ota-onalariga yordamlashadilar. Bu narsa ularning 
kelgusida hayot tashvishlarini qiynalmay bajarishlariga zamin 
yaratadi.


– 327 –
Bolalar lug‘ati
Dangasalik – mehnat qilishdan qochish, 
ishyoqmaslik, tanballik, yalqovlik.
Mehnatsevar (mehnatkash) – mehnat qilishni 
yaxshi ko‘radigan.
Ro‘zg‘or ishlari – oila va xo‘jalikka oid ishlar.
Zamin yaratish – biron narsaga asos solish, sharoit va imkon 
yaratish.
Maqollar
1. Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan, mehnat qilsang, davron 
surasan.
2. Xazina g‘oyibdan emas, mehnatdan.
3. Daraxt yaprog‘i bilan go‘zal, odam – mehnati bilan.
4. Bekorchidan Xudo bezor.
5. Gapni oz so‘zla, ishni ko‘p ko‘zla.
6. Izlanganga tole yor.
7. Mehnat, mehnatning tagi rohat.
Omonat
y farzand, ma’lum muddatga saqlash uchun berilgan 
moddiy va ma’naviy narsalar omonatdir. Har bir inson o‘z 
mol-mulkini asraganidek o‘zgalarga tegishli narsalarni ham xuddi 
shunday asrab-avaylashi kerak. Omonat saqlash jamiyatdagi 
insonlarning bir-biriga ishonchini oshiradi.
Agar maktab hovlisidan biron narsa topib olsang, u sening 
qo‘lingdagi omonatdir. U sening mulking emas. Agar sen egasini 
qidirib topib, narsasini unga qaytarib berish uchun maktab 
direktoriga uchrasang, sen omonatga vafodor inson bo‘lasan. Shu 
ishingni deb seni maktab direktori, ustozlar va barcha o‘quvchilar 
yaxshi ko‘radilar va seni maqtaydilar. Agar egasini qidirmasdan uni 
o‘zingniki qilib olsang, sen xoin bo‘lasan. Ehtimol egasi tasodifan 
uni ko‘rib qolib, seni o‘g‘irlab olgan deb o‘ylar va odamlar orasida 


– 328 –
seni xoin-o‘g‘ri deb gap tarqatar. Mana shunda sening kelajaging 
va sharafingga katta zarar bo‘ladi.
Agar biron inson pul, zeb-ziynat yoki kitoblar kabi biron 
narsani senga omonatga qo‘ysa, u narsa bo‘yningda omonat 
hisoblanadi. Agar sen uni ehtiyot qilib, sog‘-salomat saqlab 
bersang, sen ishonchga sazovor bo‘lasan. Agar sen undan biron 
narsani kamaytirsang yoki biron joyiga nuqson etkazsang yoki 
egasining ruxsatisiz uni o‘z foydangga ishlatsang yoki so‘rab kelsa, 
sen uni inkor etsang, sen odamlarning orasida xiyonat qiluvchi deb 
tanilasan va hech kim senga biron narsani omonatga qo‘ymaydi.
Hurmatli bolajonlar, omonatni faqat pul va moddiy narsalardan 
iborat, deb tushunmasligimiz lozim. Ma’naviy omonatlar ham 
bor. Masalan, bironta do‘stimiz sirini saqlash ham omonatdir. 
Agar bir kishi senga o‘z sirini omonat deb aytsa va sen uni hech 
kimga aytmasdan sir saqlasang, sen sir saqlovchi omonatli odam 
bo‘lasan. Agar sen o‘sha sirni odamlar orasida yoysang, sir saqlay 
olmaydigan, senga sir aytgan odamga xiyonat qilgan bo‘lasan.
Agar tarozidan urmasdan biron narsa kamaytirmay berayotgan 
tijoratchini ko‘rsang, bilginki u omonatga vafodor tijoratchidir. 
Hamma odam uni yaxshi ko‘rib, omonati bilan taniladi va 
savdosiga baraka kiradi. Agar tarozidan urib qolayotgan boshqa 
bir tijoratchini ko‘rsang, bilginki, u xoindir. Albatta odamlar uning 
bu qilmishini bilib, u bilan oldi-sotdi qilmay qo‘yadilar. Natijada 
moli kasod bo‘lib, unga nisbatan ishonch va muhabbat yo‘qoladi.
Navbatchilik qilayotgan askarga vatan chegaralari omonat...
Tana a’zolarimiz biz uchun omonat. Bu omonatni saqlash uchun 
ularni zararli ishlardan asrashimiz kerak...
Farzandlar ota-onaga omonat...
Yo‘lovchi haydovchiga, o‘quvchilar o‘qituvchiga, kasallik 
shifokorga, vazifalar mansabdorga omonatdir. Har kim bu 
omonatlar haqida bir kuni javob beradi...
Ey farzandim, omonat bu odamlar huquqini himoya etishdir. 
U ko‘p ishlarni o‘z ichiga oladi: ular jumlasidan vojib amallarni 
bajarish, topshirilgan ishlarni egalari yo‘qligida puxta qilish, 
qo‘shni qo‘shnisining sirini saqlashi, shifokor kasallarning sirini 


– 329 –
saqlashi, inson bilmaydigan narsasi haqida so‘ralsa, “bilmayman”, 
deyishi, tijoratchi yaxshi mol bahosida pul olganida yomon mol 
sotmasligi va agar sotib oluvchi yoshi kichkina bo‘lsa yoki narxni 
bilmasa, mollarning narxini ko‘paytirmasligi va hokazo.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling