– 332 –
keladigani yo‘q, – dedi. Ikkinchi kuni ham odatlariga ko‘ra
suvda koptok o‘ynadilar. Shu mahal kechagidek u “qutqaringlar,
cho‘kayapman!” deb baqirdi. Bolalar o‘tgan kungidek bugun ham
bizni masxara qilyapti deb o‘ylab, uning so‘ziga parvo qilmadilar.
Natijada u suvga cho‘kib, o‘z yolg‘onining qurboniga aylandi.
Foydali nasihatlar
1. Aql egalari va vijdon sohiblari har vaqt ko‘rgan,
qilgan va bilganlarining haqiqatini va to‘g‘risini
so‘zlaydilar.
2. Ibn Xatib aytadi:
– Yolg‘onchilikdan saqlaning, chunki yolg‘onchilik
fitna-fasodga (yomon ishlarga) olib boradi. Rostlik
yo‘lini tanlang, barcha yaxshilikka etasiz!
3. Bir hakim aytadi:
– Kimki yolg‘onchilikka o‘rgansa, u boshqalarni ham yolg‘onchi,
deb o‘ylaydi.
4. Egri daraxtning soyasi ham egri bo‘ladi.
5. Og‘iz va tilning bezagi to‘g‘ri so‘zdir, so‘zni to‘g‘ri so‘zla, dilingni
beza.
6. Rostgo‘ylik insonni ulug‘lar martabasiga ko‘taradi.
7. Yolg‘onchilikdan chetlanib, rostgo‘ylik yo‘lini tutgan kishini
boshqa odam u yoqda tursin, hatto yolg‘onchining o‘zi ham yaxshi
ko‘rib qoladi.
8. To‘g‘ri so‘z achchiqdir, uni hazm qilgin, keyin foydasi tegadi,
xushnud qiladi.
9. To‘g‘ri so‘z kishi erkin nafas oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: