Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Yolg‘onchi bola 
(Ibratli hikoya)
skandariya shahrida bolalar cho‘milish uchun dengizga 
tushdilar va o‘zlari bilan olib kelgan koptokni suvda o‘ynay 
boshladilar. Ular koptokni suvga otishar va orqasidan suzib 
musobaqa o‘ynardilar. To‘satdan ulardan biri suv yutib “qutqaring, 
cho‘kayapman!” dedi. Shunda qutqarish uchun oldiga etib 
kelganlarida u kulib:
– Men sizlarni masxara qilayotgan edim. Men mohir 
suzuvchiman. Sizlarning ichingizda suzishda menga bas 


– 332 –
keladigani yo‘q, – dedi. Ikkinchi kuni ham odatlariga ko‘ra 
suvda koptok o‘ynadilar. Shu mahal kechagidek u “qutqaringlar, 
cho‘kayapman!” deb baqirdi. Bolalar o‘tgan kungidek bugun ham 
bizni masxara qilyapti deb o‘ylab, uning so‘ziga parvo qilmadilar. 
Natijada u suvga cho‘kib, o‘z yolg‘onining qurboniga aylandi.
Foydali nasihatlar 
1. Aql egalari va vijdon sohiblari har vaqt ko‘rgan, 
qilgan va bilganlarining haqiqatini va to‘g‘risini 
so‘zlaydilar.
2. Ibn Xatib aytadi:
– Yolg‘onchilikdan saqlaning, chunki yolg‘onchilik 
fitna-fasodga (yomon ishlarga) olib boradi. Rostlik 
yo‘lini tanlang, barcha yaxshilikka etasiz!
3. Bir hakim aytadi:
– Kimki yolg‘onchilikka o‘rgansa, u boshqalarni ham yolg‘onchi, 
deb o‘ylaydi.
4. Egri daraxtning soyasi ham egri bo‘ladi.
5. Og‘iz va tilning bezagi to‘g‘ri so‘zdir, so‘zni to‘g‘ri so‘zla, dilingni 
beza.
6. Rostgo‘ylik insonni ulug‘lar martabasiga ko‘taradi.
7. Yolg‘onchilikdan chetlanib, rostgo‘ylik yo‘lini tutgan kishini 
boshqa odam u yoqda tursin, hatto yolg‘onchining o‘zi ham yaxshi 
ko‘rib qoladi.
8. To‘g‘ri so‘z achchiqdir, uni hazm qilgin, keyin foydasi tegadi, 
xushnud qiladi.
9. To‘g‘ri so‘z kishi erkin nafas oladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling