– 326 –
Har bir qo‘y o‘z oyog‘idan...
(Ibratli hikoya)
H
orun ar-Rashidning do‘sti Buhlul Dono: “Ey xaloyiq!
Gunoh va yomon ishlardan uzoq bo‘ling!”, deb barchaga
nasihat qilar ekan. Ba’zi odamlarga bu nasihat yoqmas ekan.
Shu sabab ular Horun ar-Rashidga shikoyat qilib kelishibdi:
“Do‘stingizning nasihatlaridan to‘yib ketdik. Biz gunoh ish qilsak,
unga nima? Har bir qo‘y o‘z oyog‘idan osiladi”, deyishibdi.
Horun ar-Rashid: “Yaxshi, tushunarli”, debdi va bir qo‘yni
so‘ydirib, ko‘chaga ostirib qo‘yibdi. Bir necha kun o‘tgach, qo‘y
sasiy boshlabdi. Hamma yoq juda sasib ketibdi.
Xalq yana Horun
ar-Rashidning oldiga kelib: “Bu qo‘yni bu erdan olib tashlang.
Sassiq hid bizni bezor qildi”, debdi. Horun ar-Rashid o‘rni
kelganida shunday debdi: “Sizga nima, har bir qo‘y o‘z oyog‘idan
osiladi”.
Odamlar shunda o‘z xatolarini tushunib,
boshlarini eggan
holda ortlariga qaytishibdi.
Yomonliklar ham yomon hidga o‘xshaydi. Yaxshi insonlar
jaholatga,
harom ishlarga qarshilik qilib, jasorat ko‘rsatmasa,
dunyo yomonliklarga to‘lib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: