Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
O‘z haqingni tani, birovning haqidan qo‘rq!
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar lug‘ati Hazar qilish
- Ko‘ylagi yamoq bola
O‘z haqingni tani, birovning haqidan qo‘rq!
dobli bola o‘z haqini tanib, uni birovga berib qo‘ymaydi. Ya’ni, seniki bo‘lishi kerak narsa senda bo‘lsin. Uni o‘zgalarga berib qo‘yma! Albatta bu yaxshi ma’nodadir. Sa- xiylik ham me’yorida bo‘lishi kerak. Sening saxiyliging yoki ko‘ngilchanliging o‘z haqqingni boshqalar olib qo‘yishiga sabab bo‘lmasin! Ammo sen faqat va faqat o‘z haqqingni ol. Senga tegishli bo‘lmagan narsalarga, o‘zgalar mulkiga ko‘z olaytirma! O‘zgalar haqqini ema! Masalan, olish va sotishda tarozidan urib qolish, olayotganda ko‘p qilib olish va sotishda bir kilogramm o‘rniga 800-900 gramm qilib xaridorni aldash birovning haqqini eyishdir. Bunga yana boshqa o‘lchovlardan urib qolish, odam- larni aldab, yomon narsani yaxshi deb sotish, o‘zgalarga tegishli narsalarni o‘g‘rilash kabi qabih ishlar ham kiradi. Ey farzand, sen bularni yaxshilab anglab ol, hayotda to‘g‘ri va halol yashashga odatlan. Halollikda, to‘g‘rilikda gap ko‘p. Kim to‘g‘ri va rostgo‘y bo‘lsa, uning ishi unumli, hayoti barakali va fayzli bo‘ladi. Yolg‘on so‘zlab, birovning haqqini eb ko‘p foyda ko‘raman, degan odam xato qiladi. Chunki birovning haqqi bari- bir buyurmaydi. Shuni unutma! – 321 – Bolalar lug‘ati Hazar qilish – ehtiyot bo‘lish, saqlanish, tiyilish; yomon ko‘rish. Haq – haqiqat, adolat, qonun, haqqoniy, rost, erk- imkoniyat, biron kimsa yoki narsaga tegishli ulush. Ko‘z olaytirish – birovga tegishli narsaga yomon niyat bilan qarash. O‘lchovdan urib qolish – tarozidan va birovning haqqidan urib qolish. Fayzli – o‘ziga jalb qiladigan, ko‘rkam, istarasi issiq; farovon, to‘kin-sochin. Ko‘ylagi yamoq bola (Ibratli hikoya) azrati Umar ibn Xattobning yosh o‘g‘li ko‘chada bolalar bilan o‘ynar edi. Bolaning ko‘ylagiga yamoq solingan bo‘lib, tengqurlari uning ustidan kulishdi. “Otang mo‘minlar amiri bo‘lsayu, sen shunday yirtiq-yamoq kiyimda yursang”, deb kamsitishdi. Hazrati Umarning o‘g‘li bundan juda xafa bo‘ldi. Otasining huzuriga borib: – Bolalar kiyimimdagi yamoqlarni ko‘rib, ustimdan kulishyapti, – deb bo‘lgan voqeani so‘zlab berdi. Shunda Umar ibn Xattob o‘g‘liga: – Xazinachiga borib, xazinadan bir kiyimlik mato berar ekansiz, otam maoshlaridan olib o‘rniga qo‘yar ekan, degin, – deb tayinladi. O‘g‘il xazinachining oldiga borib, mo‘minlar amirining so‘zlarini aytdi. Xazinachi unga: – Agar otang maosh olgunlaricha yashab turishlariga kafolat bersalar, aytgan matoni beraman, – dedi. O‘g‘il xazinachining hech narsa bermasligini tushundi. Otasi huzuriga borib, xazinachi nima deb javob berganini aytdi. Shunda Umari Odil: – 322 – – Agar xazinachi sen aytgan matoni berib yuborganida edi, men uni o‘sha zahoti ishdan bo‘shatgan bo‘lar edim, – dedi, so‘ngra o‘g‘liga taskin berdi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling