Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Chet tillarni o‘rganish
ziz bolalar, inson eng avvalo o‘z ona tilini yaxshilab bilib 
olishi kerak. Ona tilida gaplashishni va to‘g‘ri yozishni 
o‘rganishi talab etiladi. Ona tili inson uchun eng kerakli va foydali 
tildir. Ona tilini o‘rganib olgach, biron chet tilini o‘rganish mumkin. 
Masalan, rus, ingliz va boshqa tillarni. Chet tillarini o‘rganish 
insonga yangi-yangi ilm eshiklarini keng ochadi. Chunki boshqa 
tillarda juda ko‘plab ma’lumot va yangiliklar mavjud. Masalan, 
hozirda internet tarmog‘idagi ko‘p ma’lumotlar asosan rus va 
ingliz tillarida berilgan. Ularni o‘qib tushunish uchun chet tilini 
yaxshi o‘zlashtirish kerak. Ammo baribir o‘z ona tilimizni, o‘zbek 
tilini hamma tillardan ko‘ra puxta o‘rganib borishimiz shart.
Aql-idrok fazilati
y farzand, aqlli kishilar bilan maslahatlash-sang, uning 
aqli senga o‘tadi, undan ko‘p narsani o‘rganasan. Kishi o‘z 
aqliga suyanib ish qilganda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Quyida aql-idrok bilan bog‘liq nasihatlarni keltiramiz. Ularni 
diqqat bilan o‘qisang, aqlning fazilati va dono bo‘lish yo‘llari 
haqida bilimga ega bo‘lasan. 
Foydali nasihatlar
1. Har narsa aqlga muhtoj, aql esa tajribaga 
muhtoj. Aql bilan tajribaning aloqasi suv bilan 
erning aloqasi kabidir. Suv bilan er o‘zaro birga 
bo‘lmasa, erda biron narsa unishi mumkin emas.
2. Kishining aqli sharaf va ulug‘lik asosidir. 
Kimning aqli ko‘p bo‘lsa, ayblari yashirin va do‘stlari 
undan rozi bo‘ladi.


– 318 –
3. Aqlli odam shunday kishiki, qiyin vaziyatdan osongina qutulib 
ketadi. Dono shunday odamki, qiyin vaziyatga aslo tushmaydi.
4. Nafsning tizgini aqlning qo‘lidadir, aql nafs ustidan hukm 
yurgizib, uni yomon yo‘ldan asrab turadi. Odatda, qaysi narsa 
ko‘paysa, uning qadri kamayib boradi. Ammo aql ko‘paygan sari 
uning qadri oshaveradi. Hamma narsaning chegarasi va to‘xtaydigan 
joyi bor, ammo aqlning chegarasi yo‘q.
5. Aqlli odam o‘z nuqsonlari uchun uzr so‘raydi. Nodon odamning 
gapi ko‘p bo‘ladi.
6. Serjahl boshda aql bo‘lmaydi.
7. Aqlliga bir ishora etarlidir.
8. Aqlli odam avval maslahatlashib, so‘ng ishga qo‘l uradi. Ahmoq 
esa avval ishga qo‘l urib, keyin maslahatlashadi.
9. Pulni ishlatsang kamayadi, aqlni ishlatsang sayqal topib 
ko‘payadi.
10. Ziyraklik bu insondagi tez fikrlilik va o‘ylagan narsasini darrov 
topa olish qobiliyatidir.
11. Ne’matlar ichida eng ulug‘i aqldir. Shu aql odamlarni boshqa 
yaratilganlar orasida mukarram va sharafli qilgandir.
12. Hayvonlar o‘zlariga keladigan zulm va jabrlarni shox, 
tish, tumshuq va tirnoqlari bilan qaytaradilar. Lekin inson 
aql va idroki bilan o‘ziga keladigan zarar va zulmlardan 
 
saqlanadi.
13. Zakovatlilar tushunadilar, bilimlilar biladilar. Bilimli aqllilar 
tilaklariga etadilar.
14. Aql egalari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, 
qadr va qimmatini so‘zlagan so‘zidan biladilar.
15. Mulohazali bo‘lish – bu insonni saodatga olib keluvchi 
fazilatli fikrlarni, baxt-saodat uchun izlangan narsalarni tiklay olish 
qobiliyatidir.
16. Tafakkur etmaslik va muhokama qila bilmaslik diniy, ijtimoiy 
va shaxsiy hayotimizga juda ko‘p zarar keltiradi.
17. Aql tarozisida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir.


– 319 –

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling