– 313 –
3. Irodali bo‘lish
Inson hayoti davomida qiyinchilik va mashaq qatlarga duch
kelganida iroda kuchi juda kerak bo‘ladi. O‘qishdan bezor bo‘lib,
zerikkanlar qo‘rqmasdan kurashni davom ettirishi kerak. Bunga
rejali va tartibli ishlash orqali erishish mumkin.
Istak va sabr bilan tartibli o‘qishni amalga oshirish kerak. Bu
dasturning asosi har kuni tartib bilan dars qilish uchun o‘tirish va
o‘qishdan o‘zini olib qochmaslikdir.
4. Ilm olishdan rohatlanish.
Mashqlarni bajarib, masalalarni
echayotgan bola qilayotgan
ishidan huzurlanishi va rohatlanishi kerak. O‘rganishdan qan-
cha xursand bo‘lsak, ma’lumotlarni eslab qolish shuncha oson
bo‘ladi.
5. O‘qishga nisbatan xohishni uyg‘otish.
Ba’zida o‘qish istagi so‘nadi. Bu har kimda ham bo‘lishi mum-
kin. Ajdodlarimiz “boshlash bitirishning yarmidir”, deb bejiz ay-
tishmagan.
Qisqasi, o‘qishga kirishishdan oldin xohish bo‘lishini
kutmay-
lik, darsga o‘tirganimizda u o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi.
Xohish bilan o‘qish uchun quyidagilarga e’tibor bering:
– masalani aniq echa olishingizga ishoning;
– o‘qishni boshlamasdan oldin mavzuga bog‘liq maqsad
qo‘yish;
– o‘qiyotgan manbaga o‘zimizda qiziqish uyg‘otish;
– o‘qish davomida qayd etish,
tagiga chizish, xulosa chiqarish
kabi turli vositalarni qo‘llash.
6. O‘qishda tanaffus zarur.
Dars mobaynida biroz tanaffus qilish tanaffussiz o‘qishdan
foydaliroq. Dam olib o‘qish ishni qisqa va tez fursatda bajarish-
ning sababidir.
Darsga tanaffus
berish bir xillikdan qochish, kuchni oshirish,
yanada unumli ishlashga yordam beradi. Tinimsiz dars qilish
zehnni charchatadi, sabrni ketkazadi
va ilmni qabul qilish im-
koniyatini kamaytiradi.
Lekin, dars orasidagi tanaffusni televizor ko‘rish, kompyuter
– 314 –
o‘ynash, telefonda gaplashish bilan emas, balki toza havoda yu-
rish va jismoniy mashqlar qilish bilan o‘tkazish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: