13. Uyquning ahamiyati.
Uyqu faqat tana uchun emas, balki miya dam olishi uchun
ham muhimdir. Vaqtida uxlamagan o‘quvchi ishyoqmas, dangasa
va hafsalasiz bo‘lib, uning ish unumdorligi ham pasayadi. Shu
sababli o‘quvchilar uyqu soatlariga e’tiborli bo‘lib, me’yorida va
vaqtida uxlab dam olishlari kerak. Ammo bolalar quyidagilarni
unutmang:
– ko‘p uxlagan odam ko‘p dam oladi, deb juda vaqtli uxlash
noto‘g‘ri. Majburiy dam olish insonni asabiy holga keltiradi.
– ko‘p uxlagan odam ham vaqt yo‘qotadi, ham dangasa bo‘lib
qoladi.
– ertalab vaqtli uyg‘onib, sokin muhitda dars qilish yaxshi
natija beradi.
Foydali maslahatlar
1. Daryolarning doim dengizga qo‘shilishi uning
suviga ta’sir qilmaganidek, amal va lazzat haqiqiy
ilm oluvchiga ta’sir ko‘rsata olmasligi kerak.
2. Agar bir shogird ilm va muallimni yaxshi
ko‘rmasa, qunt bilan o‘qimasa, maqsadiga eta
olmaydi.
3. Hech qachon ilm o‘rganish ishida uzilish yuz bermasligi kerak. Negaki,
bu katta yo‘qotishga olib boradi.
4. Ta’lim oluvchi uzluksiz holda dars qilishi, sheriklari bilan yoki
yolg‘iz o‘zi masalalarni takrorlab turishi lozim.
5. Bizning maqsadimiz o‘quvchini toliqtirib qo‘ymaslikdir. Hadeb
bir narsani o‘qiyverish zeriktiradi va toqatini toq qiladi. Agar o‘quvchi
bir masaladan boshqa masalaga o‘tib tursa, u xuddi turli-tuman bog‘-
rog‘larni sayr qilgandek zavqlanadi, bir bog‘dan o‘tar-o‘tmas boshqa
bir bog‘ boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko‘rgisi keladi. Har
bir yangi narsa kishiga rohat bag‘ishlaydi.
6. Ta’lim oluvchi ilmni hurmat qilishi kerak, kitobni erga qo‘yishi
va uni iflos qo‘llari bilan ushlashi mumkin emas.
7. Ta’lim oluvchi eyish, ichish va uxlash kabilarni ham unutib
– 317 –
qo‘ymasligi, shuningdek, hashamatli hayotni orzu qilmasligi kerak.
U insonlar bilan chiroyli muomala qilishi va o‘ziga tegishli bo‘lmagan
narsalar bilan shug‘ullanmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |