Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Bolalar lug‘ati
Olg‘a – oldinga, old tomonga.
Ulg‘ayish – balog‘atga etish, voyaga etish
rivojlanish, avj olish, kuchayish, ko‘payish.
Muvofiq – mos keluvchi, munosib, loyiq, qulay.
Dunyoqarash – tushuncha, e’tiqod, nazar, qarash, 
fikr.
Mohiyat – haqiqat, biron narsaning asli, tub-negizi; mazmuni.
Yashash tarzi – hayot tarzi, turmush va tirikchilik holati.
Cho‘qqi – 1. Tog‘ning eng baland nuqtasi. 2. Yuksak daraja, 
g‘alaba, yutuq.
Zabt etish – egallash, ishg‘ol qilish.


– 312 –
Ey inson, ilm olgin...
(Ibratli hikoya)
mar ibn Abdul’aziz amirlikka saylangach, uni tabriklash 
uchun turli taraflardan kelgan vakillar huzuriga kelishdi. 
Ziyoratchilar orasida hijozlik o‘n-o‘n bir yoshlar atrofidagi bir 
bola ham bor edi. O‘sha yigitcha Umarni qutlash uchun oldinga 
chiqdi. Amirul mo‘minin:
– Shoshilmay tur, sendan yoshi ulug‘lar ham bor, – dedi. 
Shunda bola:
– Amirul mo‘mininni Alloh qo‘llasin! Inson ikki kichik a’zosi 
– qalbi va tili bilan insondir. Agar Alloh bandasiga burro til va 
saqlovchi qalb ato etgan bo‘lsa, gapirishga haqli emasmi? Haqi-
qatan ham, siz aytgandek, gap yoshda bo‘lsa, majlisingizda yoshi 
sizdan ulug‘roq, gapirishga haqliroq odamlar ham bor-ku, – dedi.
Shunda amirul mo‘minin Umar ibn Abdul’aziz bolaning 
so‘zlaridan ta’sirlanib, ushbu ma’nodagi she’r aytdi:
“Ey inson, ilm olgin, hech kim olim bo‘lib tug‘ilmas, ilm 
sohiblari johil kabi bo‘lmas, ilmsiz yoshi ulug‘ odamning 
majlisdagi mavqei ham past bo‘lar”.
Ilm olish sirlari
ziz bolalar, quyida ilm olishning sirlarini hamda yuksak 
natijalarga erishishingizda yordam beradigan foydali 
maslahatlarni keltiramiz.
1. Muvaffaqiyatga ishonish.
Oldimizga qo‘ygan maqsadimiz, albatta biz o‘ylagan niyatlar 
amalga oshishiga aniq ishonishimiz kerak. Agar qalbda ishonch 
bo‘lsa, shunga qarab harakat ham kuchli bo‘ladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling