Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
Yomon sifatlarni bilib oling!
ziz bolajonlar, quyida sanab o‘tiladigan sifatlar yomon- likka sabab bo‘ladi. Ulardan uzoq yurish kerak: 1. Dinni, muqaddas narsalar va joylarni oyoq osti qilish. 2. Nodonlik, bilimsizlik, beodoblik, jaholat va zulmat. 3. O‘z nomini bulg‘ash, isnodga qolish, badnom bo‘lishdan qo‘rqib haqiqatni bekitish, yolg‘on gapirish. 4. O‘ziga bino qo‘yish va o‘zini hammadan yuqori deb o‘ylash. 5. Dinga, sog‘lom aqlga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarni, gunoh amallarni qilish. 6. Xoh yaxshi, xoh yomon bo‘lsin, biron ishga mukkadan ke- tib, boshqa narsalarni unutib qo‘yish, haddidan oshish. 7. E’tiqodi yo‘q kishilarga taqlid qilish, ularga o‘xshashni orzu qilish. 8. Ikkiyuzlamachilik, riyokorlik, odamlarga faqat moddiy imkoniga qarab muomalada bo‘lish, boyga mulozamat qilib, kambag‘alni kamsitish. 9. Hayotda ayshu ishratga o‘chlik, lazzat va rohatni o‘ylab ya- shashni orzu qilish (Zero, hayot faqat mazza qilib yashashdan- gina iborat emas). 10. Ochko‘z va baxil bo‘lish. 11. Kibr-havo, g‘urur, dimog‘dorlik, o‘zini katta tutish. 12. Mag‘rurlanib ketish, hatto yaxshi ishlari bilan ham maqtanish. 13. Hasad, birovlarning yutug‘ini ko‘ra olmaslik, qizg‘an- chiqlik. 14. O‘zgalarning baxtsizligi va kulfatidan xursand bo‘lish. 15. Laganbardorlik, tilyog‘lamalik qilish, xushomad. 16. Qarindosh va yaqinlaridan uzoqlashib, ularga mehrsiz bo‘lish. 17. Qo‘rqoqlik qilish, etarli darajada shijoat, g‘ayrat ko‘rsata ol- maslik. 18. G‘azab, haddan ortiqcha jahl, me’yoridan ortiq qattiqqo‘llik qilish. – 308 – 19. O‘z so‘zi va bergan va’dasida turmaslik, makkorlik, muno- fiqlik, vafosizlik. 20. Sotqinlik, isyonchi va fitnachi bo‘lish, so‘zi boshqa, ishi boshqa bo‘lish, birovlarning xotirjamligi va tinchligini buzish. 21. Odamlar haqida yomon gumon qilish, ular haqida noto‘g‘ri o‘y-fikrga borish. 22. Mol-dunyoga o‘chlik, baxillik va ziqnalik. 23. Yaxshi ishlarni va yumushlarni kechiktirish, ularni o‘z vaqtida qilmaslik. 24. Gunoh ishlarni yaxshi ko‘rish, ta’qiqlangan ishlarni qilish, odamlarga azob berish, ularning dilini og‘ritish. 25. O‘jarlik va to‘g‘ri narsalarni ko‘rsa yoki eshitsa ham qabul qilmaslik, haqiqatni inkor etish. 26. Kaltafahmlik, yaxshi va yomonning orasini ajrata olmaslik yoki ajrata olishga harakat qilmaslik. 27. Odamlarni haqoratlash va ularga yomonlik tilash. 28. Odamlarni laqab bilan chaqirish. 29. Sababsiz kechirim so‘rash. 30. Chaqimchilik qilish, bir gapni odamlar o‘rtasida tarqatib, turli nizo-janjallarga sabab bo‘lish. 31. Qilgan xato ishlariga pushaymon bo‘lmaslik... Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling