Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Baxillik oqibati 
(Ibratli qissa)
B
ir solih kishining mevazor bog‘i bor edi. U bog‘ning 
hosilga kirib, meva berishini kutar, mevalar pishganidan 
keyin, kambag‘allarni chaqirib, mevalardan uzib, ularga ulashar 
edi. Shu tariqa uning bog‘iga baraka kirdi. Bog‘ mo‘l-ko‘l hosil 
berar edi. Har gal bog‘dagi mevalardan kambag‘allarga ko‘proq 
bergani sayin hosil ham yildan-yilga ko‘payib boraverardi. Solih 
kishi qilayotgan ishidan mamnun bo‘lib, vaqti-soati kelib vafot 
etdi. Bog‘ uning o‘g‘illariga meros bo‘lib qoldi. Ammo ular:
– Bog‘imiz mevalarini kambag‘allarga nima uchun berar ekan-
miz? Bu yildan boshlab, uning mevalarini hech kimga bermay-
miz, – dedilar. Ularning ichida aqlli va solih farzand bor edi. U 
akalariga:
– Allohdan qo‘rqinglar! Otamizning yaxshi odatini to‘xtatib 
qo‘ymanglar, – dedi. Qolganlari esa:
– Yo‘q, bular bizning haqqimiz, anavi tekinxo‘rlar haqqi emas. 
Agar ular ozgina olishsa ham, nasibamiz kamayib qoladi. Xudo 
haqqi, bu yil hech kimga hech narsa bermaymiz! – deyishdi.
Shu kechasi boqqa yondiruvchi bo‘ron yog‘ildi. Hammayoq 
kuyib, kulga aylandi. Bog‘ egalari bundan bexabar uxlab yoti-
shardi. Ular tong otishi bilan boqqa borib, mevalarni uzib olish-
moqchi va kambag‘al-miskinlardan buni sir tutmoqchi bo‘lishdi. 
Tong arafasida bir-birlarini imo-ishora bilan bildirmay chaqirdi-
lar. Hech kim sezmasligi uchun oyoq uchida yurib ketishdi. Bir-
birlari ortidan asta-sekin oyoq uchida yurib boqqa qarab borish-
di. Boqqa kirayotib birlari: 
– Xudoga shukr, miskinlardan birontasi ham bizni payqab qol-
madi, – dedi.
Lekin qaysi ko‘z bilan ko‘rsinlarki, daraxtlar yashin urgandek 
kuyib, qorayib ketgan va mevasidan asar ham qolmagan edi.
– E voh! – deb yuborishdi. – Yanglishdik, qorong‘ida adashib 
boshqa boqqa kirib qoldik. Bu bizning bog‘ emas-ku?! Endi nima 
qilamiz!?


– 304 –
Shunda oqil farzand dedi:
– Yo‘q! Bu bog‘imizning xuddi o‘zginasi. Sizlar kambag‘allarni 
uning hosilidan mahrum qilmoqchi bo‘lganlaringiz uchun ham 
bu bog‘ kuydirib yuborildi!

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling