Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Foydali nasihatlar
1. Yoshlik toshqin suv, sug‘oriladigan 
ekinzoringizni sug‘orib qolmasangiz o‘tib ketadi. 
Keyin keksalikning ko‘zoynagini taqib, igna bilan 
quduq qazishdan ish chiqmaydi.
2. Sizlarda yoshlik kuch-quvvati bor ekan, uni 
zoe ketkazmasdan burchingizni bajarishga sarflang.
3. Yoshlik sofligini saqlab qolishning eng yaxshi yo‘li – yomon 
xislatlarga ko‘ngildan o‘rin bermaslik, bolalikni saqlab qolish. Bolalik 
sofligini saqlab qolgan kishilar dunyoda eng baxtlidir.
Kundalik ishlarni tartibga solish
shlash, dam olish va boshqa zaruriy yumushlarni bajarish 
vaqtlarini tartibga keltirish yuksalishning eng ulug‘ 
dasturidir. Tartibsiz va pala-partish ishlarda doim kamchilik 


– 297 –
bo‘ladi. Bu insonning qoloqlikka qarab ketishiga, ishlaridan 
unum va baraka ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, hozirgi 
tezkor zamonda har bir ishni o‘z vaqtida bajarish, dam olish va 
boshqa kerakli yumushlarga ham vaqt ajrata bilish talab etiladi.
Tartibli yashash inson umrini barakali qiladi. Vaqt qadrini 
bilmagan bola o‘z qadrini ham yo‘qotadi. Vaqtning besh daqiqasi 
ham katta ahamiyatga ega. Chunki shu besh daqiqalar yig‘ilsa, 
soatlarga, soatlar kunlarga, kunlar haftalar, haftalar oylarga, 
oylar esa yillarga aylanadi. Umrimiz yillardan iborat. Shunday 
ekan, umrimizning kichik bo‘lagini ham behuda ishlarga 
sarflamasligimiz lozim.
Bolalar lug‘ati
Tartibga solish – tartibli holga keltirish.
Zaruriy yumush – kerakli va muhim ish.
Pala-partish – tartibsiz, betartib, chala-chulpa, 
o‘ylamay-netmay qilingan ish.
Tejamkorlik
liga otasidan katta boylik meros bo‘lib qoldi. Shu 
boylik evaziga Ali va uning oilasi otasidan keyin ham 
yaxshi yashay boshladi. Lekin u o‘zini ko‘rsatishga va boylarga 
o‘xshashga harakat qilardi. Shuning uchun u qimmatbaho 
mashina sotib oldi, chiroyli qasrdek hovlida yashashni istab 
qoldi, o‘yin-kulgularga berilib ketdi. Natijada kirimidan ko‘ra 
ko‘proq pul sarflay boshladi.
Puli qolmagach, ba’zi banklardan qarz olishga o‘tdi. Hatto 
bo‘ynidagi qarzlari ko‘payib, qo‘l ostidagi mol-mulkni birma-bir 
sota boshladi. Nihoyat, uning qo‘lida hech narsa qolmadi. Shu tariqa 
Ali pulni behuda sarflash tufayli oilasi qiyin ahvolga tushib qoldi.
Bunga ish oqibatini o‘ylamagan, zamonning o‘zgarib turishini 
va hayotda kutilmagan hodisalar ro‘y berishini hisobga ola 
bilmagan oila boshlig‘i sababchi bo‘ldi. Natijada uni o‘ylamay 
qilgan ishi xorlik va kambag‘allikka yo‘liqtirdi. Agar sarf-xarajatni 


– 298 –
kamaytirib, boshqalardan qarz olmaganida o‘zi ham, oilasi ham 
qiynalib qolmasdi.
Aziz bolalar, tejamkorlik pul sarflashda o‘rtamiyona bo‘lishdir. 
Ya’ni, hayotda kutilmagan hodisalarini hisobga olmasdan 
qo‘lidagi pullarning hammasini sarflab yubormasin, o‘zi va 
oilasiga sarflashda juda baxillik ham qilmasin. Mol-dunyo 
yig‘ishga berilib ularni taom, kiyim, turar joy va davolanishlariga 
kerakli narsalardan mahrum qilmasin. Agar shunday qilsa, oilasi 
uni yomon ko‘rib qoladi.
Tejamkor odam pulini keragidan ortiqcha narsalarga sarfla-
maydi. O‘n so‘mga olinadigan narsa uchun hovliqib, yuz so‘m 
sarflamaydi. Pulni faqat kerakli narsalargagina sarflaydi. Har bir 
ishda o‘rtacha yo‘l tutadi. Agar o‘n so‘mga olish mumkin bo‘lgan 
narsaga yuz so‘m ishlataversa, bir kuni pushaymon bo‘ladi. Chun-
ki hayotda tejamkorlik nimaligini bilmaydiganlar muhtojlikka 
tushib qoladilar. Isrofgarlik puldan barakani ketkazadi. Shuni
unutmang, aziz bolalar.
Quyidagilarga amal qilish tejamkor bo‘lishga yordam beradi:
1. Harajatning har biri uchun o‘zingga munosib miqdor belgila.
2. Musibatlar paytida sarflash uchun kirimning muayyan 
qismini jamg‘arib qo‘yishga e’tibor ber.
3. Ortiqcha dabdabalarga sarf-xarajatni ko‘pay-tirib yuborma. 
Masalan, qimmatroq mashina sotib olish, o‘yingohlarni ko‘p 
ziyorat qilish, yangi chiqqan kiyim va boshqa shu kabi narsalarga 
pulni bekorga sarflash demakdir.
4. Sendan puli ko‘p boylarga o‘xshashga intilma. Chunki Alloh 
insonlarni turli xil toifa va tabaqalarda yaratgan. Hamma bir xil 
boy yoki kambag‘al bo‘lmaydi. Kimdir boy, kimdir o‘rtahol, yana 
kimdir kambag‘al bo‘ladi. Sen o‘zingdagi mavjud narsalarga shukr 
qil va ulardan tejamkorlik bilan foydalan.
5. Senga berilgan ne’matlar qadrini bilishing uchun hayotda sendan 
darajasi pastroq odamlarga nazar sol.
6. Imkon qadar birovdan qarz olma. Chunki qarz olishga 
o‘rganib qolgan kishi o‘ziga kambag‘allik va g‘am-tashvish eshik-
larini ochgan bo‘ladi.


– 299 –
7. O‘zingdagi ortiqcha pullarni ishlatib yuborishdan qo‘rqsang, 
bironta omonatdor kishiga berib qo‘y. Chunki pulning qo‘lingga 
yaqin bo‘lishi undan foydalanishni senga oson qiladi.
Hikmatda aytilishicha, kim maslahatlashib ish tutsa, hech 
qachon pushaymon bo‘lmaydi. Kim tejamkorlik bilan o‘rtacha 
yo‘l tutsa, hech vaqt kambag‘al bo‘lmaydi.
Aziz bolalar, bu maslahatlar sizlarga kelajakda juda asqotadi. 
Shu sabab ularni yodda tuting.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling