Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
Bolalar lug‘ati
Tejamkorlik – tejam bilan ish tutish, isrof qilmaslik. Sarf-хarajat – ishlatiladigan pul, mablag‘. Isrofgarchilik – isrof qilish, isrofga yo‘l qo‘yish, behuda sarflash, uvol qilish. Isrofdan saqlaning! Aziz bolalar, isrof tejamkorlikning ziddidir. Isrofgarlik aqlga zid ishdir. Isrof deganda keraksiz narsalarga behuda pul sarflash tushuniladi. Isrofgarlikning oxiri halokat va ziyon. Isrofchi odam qanchalik boy bo‘lmasin, baribir oqibatda kambag‘alga aylanadi. Chunki isrofchi uchun har narsaning eshigi ochiq bo‘ladi. Bu eshikdan kambag‘allik va muhtojlik ham kirib keladi. Bolajonlar, ota-onalarimizning ertadan kechgacha ishlab pul topishlariga e’tibor qarataylik. Ularga bu ish oson emas. Shunday ekan, ular topgan pulni qadrlaylik, pulni behuda narsalarga sarflamaylik. Shunda ota-onamiz bizdan xursand bo‘lishadi. Qanday pul topish va uni qaerga ishlatish borasida muqaddas Islom dinimiz ta’limotlarida kerakli ko‘rsatmalar berilgan. Avvalo, pul halol yo‘l bilan topilishi kerak. Birovlarni norozi qilib topilgan pul, masalan o‘g‘rilik qilib topilgan pul halol emas. Shundan keyin halol yo‘l bilan topilgan pulni halol ishlarga, ezgulik yo‘liga sarflash kerak. Haloldan topib gunoh ishlarga, yomonlik yo‘liga sarflash ham noto‘g‘ri. – 300 – Endi yana bir narsaga e’tibor qarataylik, puli bo‘la turib uni kerakli narsalarga sarflamaslik baxillikdir. Zero, qo‘lidagi pulni oila a’zolariga, kambag‘al va muhtoj kishilarga, xayriya ishlariga sarflamayotgan kishi ayni baxildir. Bunday kishining puli borligidan nima foyda bor? Zarur bo‘lganida ham pulini sarflamay, faqat ko‘paytirish payida bo‘lishdan foyda yo‘q. Buning aksi-chi, pul topib, uni keraksiz narsalarga sarflab yuborish ham aslo to‘g‘ri emas. Ushbu holatlarning har ikkisi ham xatodir. Eng to‘g‘risi o‘rtacha yo‘l tutishdir. Ya’ni, oila a’zolari va kambag‘allarga kerakli darajada sarf qilish va ortiqcha sarf-xarajatdan tiyilish insonni komillik darajasiga olib chiqadi. Kim o‘rtacha yo‘lni tutsa, kambag‘allikdan ham, isrofgarchilikdan ham saqlanadi. Juda ko‘p kishilar isrof aslida nima ekanini bilmaganlari uchun ne’matlarni isrof qiladilar. Ba’zilar faqat pul to‘lanadigan narsalarni tejash kerak, deb tushunadigan va tekin yoki arzon ne’matlarni xohlagancha ishlataveradilar. Bu noto‘g‘ri. Chunki ne’matlarning qadri insonlar nazdidagi qadri bilan emas, balki Yaratgan Alloh dargohidagi qadri bilan o‘lchanadi. Mana bir misol, suvni olaylik. Ko‘pchilik odamlar anhor to‘la suv, uni xohlaganingcha ishlataverasan, deb tushunadilar. Aslida ichimlik suvi eng qadrli va bebaho ne’matdir. Dunyodagi aksar odamlar bunga amal qilmayotganlari bois hozirda ichimlik suvi muammo darajasiga chiqib bormoqda. Ba’zi mamlakatlarda ichimlik suvi juda qimmatbaho narsaga aylanib ulgurdi. Shunday ekan, biz har bir ne’mat qadriga etishimiz kerak. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling