Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Vaqtni tejash va umr qadriga etish


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Vaqtni tejash va umr qadriga etish
hmad tirishqoq o‘quvchi. Otasi vafot etib, hatto unga 
maktabni bitirib olishiga yordam beradigan hech narsa 
qoldirmay ketdi. U o‘qishini tashlab, bir savdogarga ishchi bo‘lib 
yollandi. Bo‘sh vaqtlarida kechki maktabga qatnab, ta’lim olardi. U 
qancha qiynalsa ham, nihoyat huquqshunoslik shahodatnomasini 
qo‘lga kiritdi. Shundan keyin u savdogar xizmatidan bo‘shab, 
himoyachi-advokat bo‘lib ishlay boshladi. U tirishqoqligi va 
vaqtini zoe ketkizmagani bois hech qancha o‘tmasdan obro‘si 
ko‘tarilib, nomi hamma yoqqa ovoza bo‘ldi.
Bu yigit vaqtning qadrini bilib, undan unumli foydalangani 
uchun katta yutuqlarga erishdi. Agar bo‘sh vaqtini o‘yin-kulgiga 
sarflaganida, hech kim uni tanimasdi va kambag‘al holda hayot 
kechirgan bo‘lardi.


– 294 –
Safar qilmoqchi bo‘lgan kishi poezdning ketish vaqtiga 
rioya qilmasa, keyingi poezd kelishini kutib vaqti bekor ketadi. 
Dehqon o‘z vaqtida eriga ekinni ekmasa, qo‘shnilari hosilni 
yig‘ishtirayotganlarini ko‘rganda pushaymon bo‘ladi.
Mana shundan ko‘ryapsanki, vaqtni tejash degani uni foydali 
o‘rinlarga sarflash demakdir. Ya’ni, sen vaqtingni tartibga solishing 
va undan unumli foydalanishing kerak. Sen puldan ko‘ra ko‘proq 
vaqtingni qizg‘anishing kerak. Chunki o‘tgan ozgina umr hech 
qachon qaytib kelmaydi.
Aziz bolalar, sizlar vaqtingizni tejab, uni foydali ishlarga 
sarflashga, umrni behuda ketkazmaslikka harakat qiling. 
Televizorda beriladigan kino va multfilmlar sizni dars qilish va 
boshqa foydali ishlardan chalg‘itib qo‘ymasin. Aslo televizorga 
qaram bo‘lib qolmang. Zero, vaqtini foydali ishlarga sarflagan 
bolalar kelajakda, albatta, katta yutuqlarga erishadilar.
Hadisi shariflarning birida shunday tavsiya qilingan: “Besh 
narsadan oldin besh narsaning qadriga et:
1. Qarilikdan oldin yoshlikni;
2. Kasallikdan oldin sog‘liqni;
3. Kambag‘al bo‘lib qolishdan oldin boylikni;
4. Mashg‘ul bo‘lib qolishdan oldin bo‘sh vaqtni;
5. O‘limdan oldin tiriklikni (qadriga et)”.
Quyidagilar ham vaqtni tejash doirasiga kiradi:
1. Har bir ishni o‘z vaqtida qil. Chunki kim bir ishni boshqa 
vaqtga qoldirsa, uning ishlari ko‘payib ketadi. Natijada ularni 
puxta qilolmaydi.
2. Har bir amal uchun alohida vaqt belgilashing kerak bo‘ladi. 
Chunki vaqtning ishsiz o‘tishi umrning befoyda ketishidir.
3. O‘ynash va dam olish uchun alohida vaqt ajrat. Chunki bir 
kunda bir soat o‘ynash g‘ayrat-shijoatni yangilaydi va ishlashga 
quvvatni ziyoda qiladi.
4. Uyda befoyda ishlar bilan shug‘ullanib yoki ko‘chada 
bolalar bilan bekorchi gaplarni gaplashib yozgi ta’tilni bekor 
o‘tkazma. Balki unda ham hayvonot bog‘i yoki muzeyga borish, 
futbol o‘ynash yoki odob-axloqqa va aql-zakovatga foydali 


– 295 –
kitoblarni, gazeta va jurnallarni o‘qish singari ishlar bilan 
mashg‘ul bo‘l.
5. Kompyuterdan o‘z o‘rnida foydalan, ko‘p vaqtingni 
kompyuter o‘yinlarini o‘ynab o‘tkazma.
Bolalar, unutmangki, kim vaqtini zoe ketkizsa, bu vaqt uning 
zarariga ishlaydi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling