Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


G‘iybat evaziga qilingan yaxshilik


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

G‘iybat evaziga qilingan yaxshilik 
(Ibratli hikoya)
asan Basriyga: “Bir kishi sizni g‘iybat qildi”, deb aytdilar. 
Hasan darhol g‘iybat qilgan kishiga bir idishda xurmo 
yubordi. U kishi xurmoni olgach, o‘sha zahoti Hasanning oldiga 
kelib, undan: “Men sizni g‘iybat qilgan edim, siz esa menga xurmo 
yuboribsiz, sababi nima?” deb so‘rabdi. Shunda Hasan Basriy 
unga: “Sen menga yaxshilik yuborgan ekansan, men evaziga 
xurmo yubordim!” deb javob qilibdi.
Bundan ma’lum bo‘ladiki, g‘iybat qilingan odam g‘iybatchiga 
to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishi kerak, ammo g‘iybat so‘z g‘iybatchiga zarar 
etkazadi, uning qilgan ishlarining savobi boshqa odamga o‘tadi va 
odamlar oldida g‘iybatchining yuzi qora bo‘ladi.
Chaqimchilik illati
urmatli bolajonlar, chaqimchilik ham juda yomon 
odatdir. Biron erda eshitgan gapini tezda boshqa joyga 
borib aytish, odamlar o‘rtasiga janjal va nizo urug‘larini sochish 
chaqimchilikdir. Qalbi toza inson birovdan eshitgan gapini 
birovga aytmaydi, jimlik va sukut saqlashni ixtiyor etadi. Agar 
birov unga gap tashib kelsa, unga chiroyli nasihat qilib, uni bu 
qilig‘idan qaytaradi. Odobli bola o‘zi chaqimchilik qilmasligi 
bilan bir qatorda boshqalarni ham bu yomon ishdan qaytaradi.
Bolalar, shuni yodda saqlanglar: eng yovuz va yaramas odam 
shunday odamki, o‘zgalarning aybini topishga intiladi, gap tashib, 
do‘stlarni bir-biridan ayiradi.
Sakkiz xil taom va bir og‘iz g‘iybat
(Ibratli hikoya)
ir kishi Hasan Basriyning huzuriga kelib, “falonchi sen 
haqingda noma’qul gaplarni gapirdi”, debdi.
– Qachon?


– 290 –
– Bugun.
– Qaerda?
– Uyida.
– Uning uyida nima qilayotgan eding?
– Ziyofatga borgan edim.
– Ziyofatda nima eding?
Haligi odam sakkiz xil taomning nomini sanabdi. Shunda 
Hasan Basriy:
– O‘sha odamning sakkiz xil taomi qorningga sig‘diyu, bir og‘iz 
so‘zi sig‘madimi? Tur, ket bu erdan! – dedi va g‘iybatchini oldidan 
quvib chiqardi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling