Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tilini tiymagan bola
Bolalar lug‘ati
Behuda – foydasiz, ma’nosiz, bekor; amalga oshmaydigan, xomxayol, puch; o‘rinsiz, nohaq. Sharmanda qilish – uyatli holatga qo‘yish, uyaltirish. Fosh qilish – oshkor qilish, ma’lum qilish, odamlarga bildirish. – 286 – Hikmatlar 1. Ey farzand, dunyoda omon bo‘lay desang, sergap bo‘lma, zarurat tug‘ilsa gapir, bo‘lmasa jimlikni ixtiyor qil. Eng yoqimli xislat tilni saqlay bilishdir. 2. Sergaplik o‘z dushmaningdir, chunki u sening ayblaringni oshkor etadi, dushmaningni esa joyidan qo‘zg‘atadi (Buni Muhammad Zehniy shunday izohlaydi: “Ko‘p gapirishdan saqlan, chunki ko‘p gapirsang, yashirin sirlaring va kamchiliklaring o‘z- o‘zidan ochilib qoladi, jim yotgan dushmanlaring esa xatoyingdan foydalanib qoladilar”). 3. Gapirishdan ko‘ra eshitishda foyda ko‘p, chunki eshituvchi o‘zgalar gapidan ibratli so‘z durlarini terib oladi, bilmaganlarini o‘rganadi, hayotning yaxshi-yomon narsalari haqida tajriba hosil qiladi. 4. Luqmoni hakimdan: – Bemorga nima ediraylik? – deb so‘rabdilar. – Achchiq so‘zdan boshqa nima edirsangiz ediraveringlar, – debdi hakim. Tilini tiymagan bola (Ibratli hikoya) amziy hali yosh bola. Har kuni dalada ishlaydigan otasiga tushlik olib boradi. Bir kuni olisdagi qoyalar bag‘rida noaniq bir narsani ko‘rdi. Shunda Ramziy ko‘tarilib turgan toshni o‘ziga o‘xshagan bir bola deb o‘ylab, “bu yoqqa kel”, deb baqirdi. Qoyalardagi toshlar orasidan ham “bu yoqqa kel”, degan aks sado eshitildi. Ramziy aks-sado nima ekanini bilmasdi. Shuning uchun tepalikda bir bola toshlar panasiga berkinib, meni masxara qilayapti, deb o‘yladi. Ramziy yana shunday deb baqira boshladi: “Menga o‘zingni ko‘rsat, bo‘lmasa afsuslanib qolasan!” Haligi tovush ham “menga o‘zingni ko‘rsat, bo‘lmasa afsuslanib qolasan!” deb javob qaytardi. Butun vujudini g‘azab egallagan Ramziy yana bor kuchi bilan baqira boshladi: “Chiq bu yoqqa, qo‘rqoq!” Yana xuddi – 287 – shu so‘zlarni eshitgach charchagunicha tepalikka qarab chiqdi. Tepalikda hech kimni ko‘rmagan Ramziy bu mag‘rur bola boshqa joyda berkinib turibdi deb o‘yladi. O‘sha lahzada u bu bolani tutib olsa, boplab adabini berishi mumkinligi, bu qo‘rqoq bolada unga ko‘rinish uchun jur’at qilmayotganini o‘ylab, tiliga kelgan so‘zlarni aytib qoyalarga tirmasha boshladi. Birdan otasining qorni qattiq ochib, poylab turgani Ramziyning esiga tushib qoldi. Axiyri bu bolani qidirishdan voz kechdi. Dalaga etib kelganida otasiga nima bo‘lganini aytib berdi. Otasi unga bir hikmatli gapni eslatdi: “Kimki faqat o‘zi rozi bo‘lgan narsalarni gapirsa, o‘zi norozi bo‘ladigan narsalarni eshitadi”. Sir saqlash ziz bolalar quyidagi nasihatlarni yaxshilab eslab qolinglar: 1. Sir saqlash birovga sir aytib pushaymon bo‘lishdan yaxshi. 2. Birovning sirini ochgan kishi sening siringni ham boshqalarga etkazadi. 3. Suhbatdosh sirini fosh qilish eng yomon aybdir. Aziz farzandim, maslahatim shuki, sening aybingdan xabar topib, uni birovlarga oshkor qilmaydigan, senga yaxshilik qilsa, uni ta’na qilmaydigan, unga yaxshilik qilsang, aslo unutmaydigan bolalar bilan do‘st tutin, shunday do‘stni ardoqla, uni qadrla. Sir saqlay olmaydigan do‘st bir kuni senga zarar keltirib qo‘yadi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling