Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Turli holatlarga qanday munosabat


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Turli holatlarga qanday munosabat
bildirish haqida
ziz bolalar, quyidagilarni yodda saqlang:
1. Tanish kishi bilan uchrashganda: “Assalomu 
alaykum!” deyiladi. Shuningdek:
2. Gap boshlashdan avval: ahvollaringiz yaxshimi, sog‘misiz!
3. Biron ishni boshlagan kishiga: sizga omad tilayman!
4. Yangi kiyim sotib olganga: xaridingiz barakali bo‘lsin, yaxshi 
kunlarga kiying!
5. Yangi uyga ko‘chib borganlarga: yangi uyingiz qutlug‘ 
bo‘lsin, shu uyda xotirjam yashang!
6. Kirib kelgan odamga: xush kelibsiz!
7. Mehmon kelganda: xush kelibsizlar, marhamat, kiring!
8. Mashinaga chiqqan odamga: yo‘lingiz bexatar bo‘lsin!
9. Yordam bergan kishiga: katta rahmat!
10. Yaxshilik qilganga: rahmat, ikki dunyo saodatiga erishing!
11. Biron narsa bergan kishiga: rahmat, sizga ko‘paytirib 
bersin!


– 283 –
12. Ovqat eyayotganda: yoqimli ishtaha, olinglar, osh bo‘lsin!
13. Ovqat eb bo‘lgandan so‘ng: alhamdulillah!
14. Ovqat eb bo‘lgach, mezbonga: katta rahmat, ovqatingiz 
shirin bo‘libdi!
15. Bemorga: tez sog‘ayib ketishingizni xohlayman.
16. Xavf-xatarni boshidan kechirgan kishiga: qayg‘ularingiz 
ortda qolsin!
17. Yaxshi xabar eshitganda: O‘ziga shukr!
18. Yomon xabar eshitganda: Alloh asrasin!
19. Chaqiriqqa
 (telefonga) javob berishda: assalomu alaykum, 
qulog‘im sizda, eshitaman (yoki labbay).
20. Uyquga ketishdan oldin ota-ona va yaqinlarga: xayrli tun, 
yaxshi yotib turinglar!
21. Xayrlashish vaqtida: xayr, yaxshi qoling, yana 
uchrashguncha omon bo‘ling!
Aqlli bolaning javobi
 (Ibratli hikoya)
odshohlardan biri o‘z vazirinikiga mehmonga boribdi. 
Vazirning odobli, so‘zi chiroyli o‘g‘li bor edi. Podshoh 
o‘tirgach, o‘sha bolani yoniga o‘tkazib undan so‘rabdi:
– Mening uyim chiroylimi yoki otangnikimi?
– Qachon podshoh otamning uyida bo‘lsa, albatta otamning 
uyi chiroyli! – deb javob beribdi.
Keyin podshoh barmog‘idagi qimmatbaho uzukni ko‘rsatib 
undan so‘rabdi:
– Bu uzukdan ham chiroyligini ko‘rganmisan?
– Ha! Uzuk taqilgan qo‘l uzukdan chiroyli, – debdi bola.
Podshoh uning hozirjavobligidan taajjublanib yana so‘rabdi:
– Mendan keyin podshoh bo‘lishni istaysanmi?
– Podshohning o‘g‘li mendan ko‘ra podshohlikka haqliroq, – 
debdi bola.
Bu javobdan podshohning shodligi yanada oshib, vazirning 
o‘g‘liga bergan tarbiyasidan mamnun bo‘libdi. 


– 284 –

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling