Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Yodda saqlang: Alisher Navoiy – o‘zbek mumtoz 
adabiyatining asoschisi, adabiy tilimizni kamoliga etkazgan 
ulug‘ shoir va mutafakkir.
Mehribon Hasan 
(Ibratli hikoya)
ish kunlaridan birida Hasan non sotib olish uchun 
nonvoyxonaga bordi. Uyiga qaytib kelayotganida yo‘lda 
ozg‘in bir itni ko‘rdi. Go‘yo uning qo‘lidagi nondan bir bo‘lak 
berishini o‘tinib so‘rayotgandek tuyuldi. Bu bechora it holiga 
achingan Hasan o‘ziga-o‘zi: “Agar bu itga nonlardan birini bersam, 
onam qattiq urishadi”, dedi. Ammo Hasan o‘ylab o‘tirmasdan itga 
yordam berishga qaror qildi. Savatini qorga qo‘ydi-da, bir bo‘lak 
nonni olib maydalab it oldiga tashladi. Nonvoyxonadan chiqib 
bu erdan o‘tib ketayotgan bir kishi Hasanning gapini eshitib 
qoldi. O‘zidagi bir bo‘lak nonni sekin, bildirmasdan Hasanning 
savatiga solib qo‘ydi. Hasan uyiga kelganida savatidagi non
kamaymaganini ko‘rib hayron bo‘ldi. Agar Hasan mana bu 
hadisni bilganida, bu voqeaning mohiyatini yaxshilab tushunib 
olgan bo‘lar edi: “Kishining molu dunyosi qilingan sadaqadan 
kamaymaydi”.


– 277 –
Mushukka aylangan sher
(Ibratli hikoya)
ir zamonlar bir shaharda jinoyatchilarni vahshiylarcha 
jazolash usuli joriy etilgan ekan. Shahar hokimi 
jinoyatchilarni och qolgan sherlar oldiga tashlashni buyurar ekan. 
Odamlar yig‘ilib, shu jazoning qanday ijro etilishini ko‘rish uchun 
sher yotgan qafas oldiga kelishar ekan. Bir kuni egasidan qochib 
ketgan qulni jazolagani olib kelishibdi. Bechora qulni o‘n kun och 
qoldirilgan bir sher oldiga keltirishibdi. Uni ko‘rgan sher to‘satdan 
to‘xtab qolibdi. Keyin qulning yoniga kelib uning qo‘llarini yalay 
boshlabdi, unga suykalib erkalanibdi.
Yig‘ilganlar buni ko‘rib hayron bo‘lishibdi va quldan sher nima 
uchun unga hujum qilmaganini so‘rashibdi. Shunda qul jazo 
berayotgan kishilarga va odamlarga qarab shunday debdi: “Ancha 
avval men bu sherga o‘rmonda yo‘liqib qoldim. Oyog‘iga uchli, 
katta bir tikan kirib qolib, uni rosa azoblayotgan ekan. Men unga 
yordam berdim, shu tikanni olib tashladim, shundan beri biz do‘st 
bo‘lib qolganmiz”.
Odamlarga qulning bu hikoyasi judayam ta’sir qildi. Ular qul 
bilan sherni birgalikda ozod qildilar. Qizig‘i shundaki, sher qulga 
huddi uning mushugidek ergashib kelar edi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling