Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Foydali nasihatlar
1. Umar ibn Xattob shunday dedi:“Insonlarga 
chiroyli do‘st bo‘lish aqlning yarmidir. Bilmaganini 
chiroyli tarzda so‘rash ilmning yarmidir. Chiroyli 
tadbir qilish hayotdagi baxtning yarmidir”.
2. Odamning do‘sti ko‘p bo‘lsa, dushmani kam 
bo‘ladi.
3. Do‘sti ko‘p kishining yuragi tog‘dek.
4. Chin do‘stlikka qilich ham bas kelolmas.
5. Soxta do‘st – ochiq dushmandan yomon.
6. Modomiki, mening do‘stim dushmanim bilan ko‘p o‘tirgan ekan, 
men uni hech do‘st deb bilmayman. Chindan ham zahar aralashgan 
shakardan saqlanish kerak, ilonga qo‘ngan pashshadan esa qochmoq 
kerak.
7. Har narsaning yangisi, ammo do‘stning eskisi yaxshi.
8. Har kimning do‘st yoki dushmanligi og‘ir kunlarda bilinadi.
9. Bir hakim shunday deydi: «Do‘sting bergan maslahat tufayli ish 
tutsang-u, biroq natija yomon bo‘lib chiqsa, sen do‘stingni malomat 
qilma, unga: “Sen aytgandek qilaman, deb ishim chappasiga ketdi, 
nega senga maslahat soldim-a!» demagin. Chunki yana ish yuzasidan 
unga maslahat solsang, maslahati to‘g‘ri bo‘lsa-da, oqibati yomon 
bo‘lishidan qo‘rqib, senga aytmaydi.
10. Sinalmagan do‘st va sinalmagan dushmanga ishonish katta 
xatodir.
Jamiyat oldidagi vazifalar
a’lumki, odamlar jamoat bo‘lib yashaydi. Shunday 
ekan, ularning bir-birlari oldida vazifa va majburiyatlari 
bor. Jamiyat a’zolari o‘rtasidagi munosabat qoidalariga rioya 
qilinganida jamiyatda tartib bo‘ladi, odamlar tinch-xotirjam va 
baxtli hayot kechiradilar.
Birinchi navbatda har bir inson hurmat-ehtiromga loyiq 
ekanini bilib olishimiz kerak. Inson zotini kamsitish, jonini 
xatarga qo‘yish, mulkini toptash va izzat-obro‘sini to‘kish aslo 


– 273 –
mumkin emas. Agar kim shunday qilsa, katta jinoyatga qo‘l urgan 
bilan barobardir. Har qanday jamiyatda o‘g‘rilik qilgan, odamlar 
mulkini nohaq tortib olgan va aldagan qattiq qoralanadi. Bu 
narsaga muqaddas dinimiz Islomda ham qattiq e’tibor berilgan. 
Dinimizda o‘g‘rilik va odamlar sha’nini oyoq osti qilish harom 
ishlardan ekani ta’kidlangan.
Hurmatli farzandlar, jamiyat oldidagi vazifalarni sanab o‘tar 
ekanmiz, beixtiyor “davlat mulki” degan tushuncha yodimizga 
keladi. Davlat mulki bu millat mulkidir. Unda barchaning haqi 
bor. Shu sabab odobli bolalar davlat mulkini o‘g‘irlashi, unga 
zarar berishi kerak emas, balki uni o‘z mulkidek qo‘riqlashi lozim. 
Sen maktabdagi o‘quv jihozlarini, parta va darsliklarni qanchalik 
avaylab-asrasang, davlat mulkini saqlagan, o‘zingga va jamiyatga 
foyda keltirgan bo‘lasan.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling