– 276 –
Hazrat Navoiy bu holni shunday izohladi:
–
Men masjidga kelayotganimda, falon joyda tahorat olgan
edim. Namozda turganimda elkamda bir chumoli o‘rmalayotganini
ko‘rdim.
Bildimki, tahorat olgan joyimda u menga ilashgan
ekan. Mabodo
u mening elkamdan tushib, ozor topsa va iniga
yo‘l topolmasa,
shu sababdan uvoliga qolarman, deb qo‘rqdim.
Shuning uchun namozdan keyin tezlik bilan tahorat olgan
joyga borib, uni ini oldiga qo‘ydim, ozor etkazish tashvishidan
qutuldim. Hazratning xizmatidagilar
bu hikoyani eshitgandan
keyin qay darajada jonzotlarga rahmdil ekanidan hayratlandilar
va duoga qo‘l ochdilar (Xondamir, “Makorimul axloq”).
Do'stlaringiz bilan baham: