Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Uyimizga mehmon kelganda...
y aziz farzand, agar uyingga mehmon kelsa, “xush 
kelibsiz”, deb uni ochiq chehra bilan kutib ol. Mehmonni 
ochiq yuz bilan kutib olish katta ziyofat bilan barobardir.
Mehmondorchilik odoblaridan biri shuki, mehmon oldiga 
kirganda, chiqayotganda yoki taom eyilayotganda ochiq yuzli, 
shirin so‘zli va xushfe’l bo‘lish lozim. Mehmonlar oldida biron 
kishiga qattiq gapirilmaydi va birovga tanbeh berilmaydi. Chunki 
mehmon buni o‘ziga og‘ir olib, mezbon mendan xafa bo‘ldimikan, 
degan xayolga borishi mumkin.
Aziz bolajonlar, agar uyimizga mehmon kelsa, ota-onamizga 
yordamlashishimiz, mehmon kutishga ko‘maklashib yuborishimiz 
kerak. Zero, odobli bolalar doim ota-onalariga ko‘maklashadilar.
Mehmon kelganida bolalar kattalar bilan salomlashgach
boshqa xonaga chiqib o‘rtoqlari bilan o‘ynaydilar, mehmonlar 
gap-so‘ziga o‘zlari izn bermaguncha quloq solmaydilar. Mehmon 
kelganida dasturxonga qo‘yilgan qand-qurs va boshqa quruq 
mevalarga qo‘l uzatishdan saqlanish kerak. Beodob bolalar 
dasturxonga beruxsat qo‘l uzatib, u-bu narsani qo‘liga olib, 
uyidagilarni xijolatga qo‘yadi. Odobli bolalar mehmonlar bilan 
salomlashib bo‘lgach, darhol boshqa xonaga chiqib, biron 
xizmatga chaqirilsa, xizmatni ildam bajaradi. Mehmonlar 
ketayotganida ular bilan odob ila xayralashiladi, “Yana kelib 
turinglar”, “Yaxshi etib olinglar” – deb ularga yaxshilik tilaydi. 


– 268 –
Saxiy Abu Hanifa
(Ibratli hikoya)
mom A’zamning Kufada yashaydigan uyi baland edi. 
Muhtasham saroylarni esga solardi. Bir kuni u zotning 
huzuriga bir kishi kelib:
– Ey imom, o‘zingiz olim bo‘lsangiz-u, yana dunyo dabdabasiga 
berilishingiz qanday bo‘ladi? – dedi.
– Uyimni hammaning uyidan baland qurdir ganimga kelsak, 
Kufaga kelgan kambag‘allar birinchi mening uyimga ko‘zlari 
tushib, hammadan boy odam ekan, deb o‘ylashlari va to‘g‘ri 
menikiga mehmon bo‘lishlari uchundir, – debdi ulug‘ imom.
Savol beruvchi imomning donoligiga tan beribdi, hurmat bilan 
unga ta’zim qilibdi va shogird tushibdi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling