Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Odamlarning hurmati nima bilan o‘lchanadi?


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Odamlarning hurmati nima bilan o‘lchanadi?
unyodagi barcha odamlar irqi, rangi, ko‘rinishi va 
kiyimidan qat’i nazar teng huquqlidir. Biri boshqasidan 
aslo ustun emas. Ammo ular ichida e’tiqodi kuchli, ilmli, odob-
axloqlilari hurmatga sazovordirlar.
Inson qadr-qiymati hech qachon mol-dunyo bilangina 
o‘lchanmasligi kerak. Chunki boylik doimiy emas, kishi o‘zi 
xohlamagan tarzda mol-mulkidan ayrilib qolishi mumkin. Yana 
boylik yomon va yovuz odamlarga ham berilishi mumkin. 
Shuning uchun faqat boyligini e’tiborda tutib, biron insonni 
yaxshi deb ayta olmaymiz. Ammo o‘zi odobli, diyonatli bo‘la 
turib, boy va saxiy bo‘lsa, bu juda yaxshi.
Inson qadri yana tashqi ko‘rinish, chiroyga qarab belgilanmaydi. 
Bilamizki, tashqi ko‘rinish yosh o‘tgan sari o‘zgarib boradi. 
Yoshligida chiroyli bo‘lgan odam qariganida qadri tushib qolishi 
kerakmi? Yo‘q, kim yoshligida ham, qariganida ham odob-axloqli 
bo‘lsa, e’tiqodini mustahkam saqlasa, o‘sha kishi eng hurmatli 
odamdir. Agar uning boyligi va chiroyi bo‘lmasa ham. Biroq 
kimning boyligi, chiroyi, hashamatli uylari va farzandlari bo‘lsayu, 
o‘zi yomon, qo‘pol muomalali va pastkash bo‘lsa, hech qachon 
uni yaxshi inson deya olmaymiz. Bunday odamlarga boyligi va 
chiroyini deb yaxshi muomalada bo‘linadi, agar o‘sha narsalar 
undan ketsa, u hurmatini ham yo‘qotadi.
Xulosa shuki, aziz bolajonlar, inson qadri boylik, chiroy va 
nasl-nasab bilan belgilanadi, deydiganlar qattiq adashadi va 
u fikri buzuq odam. Balki kim e’tiqodli, odob-axloqli va ilmli 
bo‘lsa, insonlardan yaxshiligini ayamasa, o‘sha eng yaxshi va eng 
hurmatlidir.


– 263 –
Chiroyli muomala - bola ziynati
ziz bolajonlar, chiroyli muomala nimaligini bilasizlarmi? 
Chiroyli muomala sabr-toqat, odob va yumshoqlik bilan 
muomala qilish, birov yomonlik qilsa, kechirib, yaxshilik qilsa, unga 
rahmat aytish va ularga yordam berib, zararni ketkazishga harakat 
qilishdir. Chiroyli muomala ham so‘z, ham amal bilan bo‘ladi.
Quyidagilar go‘zal muomala jumlasidandir:
1. Tijoratchilar bilan muomala qilganda omonatli bo‘lish. Ya’ni, 
yolg‘on gapirmaslik, xiyonat qilmaslik va ularga ochiq chehra 
bilan muomala qilishdir.
2. Hunarmand odamlar olgan buyurtmalarni puxta qilishi va 
va’da qilingan vaqtga rioya etishi kerak.
3. Tabib kasallarga muloyim muomalada bo‘lib, ularga 
g‘amxo‘rlik qilsin.
4. Bajarish vaqti etganda har kim o‘z zimmasidagi burchni 
kechiktirmasdan bajarsin, chunki bu narsa odamlar ko‘z oldida 
uning qadrini ko‘taradi.
5. O‘quvchi maktabda o‘rtoqlariga nisbatan odobli bo‘lishi, 
o‘zini katta tutmasligi va birontasiga ozor etkazmasligi kerak.
6. Har bir inson qo‘shnisiga nisbatan odobli bo‘lishi, uni hurmat 
qilishi, kasal bo‘lsa, uni borib ko‘rishi, agar ko‘rinmay qolsa, holidan 
xabar olishi, undan biron narsani qarz olgan bo‘lsa, uni o‘z vaqtida 
qaytarib berib, bu yaxshiligi evaziga unga rahmat aytishi kerak.
7. Fikriga qarshi chiqqan odam bilan yumshoqlik va muloyimlik 
ila munozara qilsin. Chunki bu narsa uning qalbini yumshatadi.
8. Sen yomonlikni yaxshilik bilan daf qil. Chunki bu narsa 
dushmaningni do‘stga aylantiradi.
Hadisi shariflarning birida: “Sizlarning menga eng 
suyuklirog‘ingiz eng axloqi go‘zalrog‘ingizdir”, - deyilgan.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling