Baxil savdogarning oqibati
(Ibratli hikoya)
adimgi zamonda yomon fe’lli xasis savdogar bozorda
aylanib yurib, sakkiz yuz tilla tangasi bor hamyonini
yo‘qotib qo‘ydi. Har tomonga zir yugurib, hamyonini so‘rab-
surishtirdi, lekin hech kimdan daragini eshitmadi. Shunda
u kim hamyonimni qaytarib bersa, unga yuz tilla mukofot
berishini e’lon qilish uchun bozorga jarchi yubordi. Yo‘qolgan
bu hamyonni Vali ismli bir etikdo‘z topib olgandi. U nihoyatda
halol kishi edi.
Egasi topilguncha hamyonni saqlab qo‘yishga qaror qildi.
Jarchining gapi rost ekaniga ishonch hosil qilgach, savdogarning
oldiga borib unga hamyonni topshirdi. Savdogar baxil, yolg‘onchi
va birovga yaxshilikni ravo ko‘rmaydigan yaramas odam edi. U
yo‘qolgan hamyoni topilganiga qanchalik xursand bo‘lmasin, buni
bildirmadi. Darhol hamyonini ochib sanab ko‘rgach, bechora
etikdo‘zga tuhmat qilib shunday dedi: “Shundoq ham oladigan
pulingni allaqachon olib bo‘libsan!”. Vali etikdo‘z savdogarga
shunday debdi: “Og‘zingizga qarab gapiring! Men faqir kishiman,
ammo yolg‘onchi, o‘g‘ri emasman! Va’da qilgan pulingizni
berolmasangiz, meni o‘g‘irlikda ayblamang”.
Nopok savdogar Vali etikdo‘zga tuhmat qilib, hatto ikkovi
mahkamaga (qozixonaga) borishdi. Ikki tomon so‘zini eshitgan
qozi savdogarning aldayotganini sezdi va uni qattiq jazolamoqchi
bo‘ldi. Qozi g‘azabini bildirmay o‘z qarorini e’lon qilib dedi:
“Savdogar hamyonidan yuz oltin tanga olinganini da’vo
qilayapti, etikdo‘z esa hamyondan hech narsa olmaganman, deb
aytayapti. Men har ikkisining so‘ziga ishonaman, ikkovining
ham gapi rost. Shuning uchun etikdo‘z topib olgan bu hamyon
boshqa odamniki, hamyon to egasi chiqqunicha mahkamada
turib turadi”. Baxil savdogar etikdo‘zga qilgan ishidan afsuslandi,
ammo endi kech edi...
– 259 –
Do'stlaringiz bilan baham: |