Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ota-ona o‘rnini hech kim bosolmaydi
- Farzand ota-onadan doim qarzdor
Foydali nasihatlar
1. O‘zing ham, moling ham otangnikidir. 2. “Ota-onasini hurmat qilgan kishining umri uzun bo‘ladi”. 3. “Haqiqiy farzand har bir sohada o‘z otasining hukmiga bo‘ysunadi”. 4. O‘g‘il dono bo‘lsa, ota rohat topibdi. 5. Otaning xatosi uchun tanbeh beruvchi bo‘lma. Ota-ona o‘rnini hech kim bosolmaydi ta-ona uchun farzandining chiroyli xulqi va odobi muhimdir. Odobli bolaning ota-onasi kambag‘al bo‘lsa ham hech ayb emas. Chunki har bir narsa Yaratganning xohish- – 253 – irodasiga bog‘liq. Ota-onasining faqirligini ayb sanash, buni o‘zlariga aytib, taqdiridan nolish juda katta xatodir. Ey farzand, sening ota-onang hayot ekan, sog‘-salomat ekan, ularning qadriga et, yashab turganini g‘animat bil. Shuni unutmaki, ota-onaning kambag‘alligi ayb emas. Aslida farzandning odobsizligi nihoyatda katta aybdir. Odobsiz bolaning ota-onasi boy, martabali yoki olim bo‘lsa ham odamlar e’tiborida bo‘lmaydi. Unday bola ota-ona sha’niga isnod keltiradi. Farzandi tufayli obro‘’-e’tibordan qolgan ota-ona kasallikka chalinadi, vaqtidan erta qariydi, umri qisqaradi. Odobli bolaning ota-onasi faqir va kambag‘al bo‘lsa ham bolasi tufayli qadrli va hurmatli bo‘ladi. El-yurt orasida hurmatda, izzatda bo‘lgan ota-onaning sog‘lig‘i yaxshi, ruhi tetik bo‘ladi. Tengdoshlariga nisbatan yosh ko‘rinadi, umri uzayadi. Shuning uchun sen odobli va yaxshi bola bo‘lishing kerak. Shunda ota- onangni hurmat etib, ularni xursand qilgan va qadrlariga etgan bo‘lasan. Zero, ota-onang o‘rnini hech kim bosolmaydi. Farzand ota-onadan doim qarzdor ziz bolajonlar, shuni bilinglarki, atrofingizdagi bolalar, o‘rta va katta yoshdagi kishilar marhamatli va shafqatli bo‘lishlari mumkin. Ammo hech bir kishi sizlarga ota-onangizdek sadoqatli bo‘lolmaydi, hech kim ota-onangizdek xizmat yo‘lida mashaqqat chekmagan. Ota-onangiz hamisha sizlarning barkamol va solih bo‘lishingizni xohlaydilar. Ota-onangiz sizlarni parvarish qilishda issiq-sovuqqa chalintirmay, sog‘-salomat, odobli va ilmli bo‘lishingizda chekkan mashaqqatlarini, tortgan kulfatlarini, o‘zi emasa ham sizlarga edirib-ichirganini unutmang. Hamisha ularning roziligi yo‘lida xizmat va hurmatlarini joyiga qo‘ying. Shuni unutmangki, ota-onangizning sizlardan umidi katta. Ular sizlarni qadrli va hurmatli, ulug‘ kishilar bo‘lishingizni hamisha umid bilan kutib turadilar. Shunday ekan, fursatni qo‘ldan boy bermang. Har soat va kunni g‘animat bilib, ota-onangiz ko‘nglini ko‘tarish, xursand – 254 – qilish harakatida bo‘ling. Zaif va nimjon vaqtingizda ota-onangiz tarbiyalari tufayli sizlar odamga aylandingiz va o‘sib voyaga etdingiz. Shunday ekan, ota-onaga buning evaziga doim yaxshilik qilib, ularning duolarini olish kerak. Aziz bolalar, ota-ona diydorini g‘animat biling. Bugun ota- onamiz oldimizda, belimizga quvvat, g‘am va xursandchiligimizga sherik bo‘lib turishibdi. Shunday ekan, ularni qadriga etish kerak. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling