Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Haqiqiy pahlavon kim?
(Ibratli hikoya)
olid kuchli, juda qo‘rqmas bola. Stulni bukmasdan 
turib, bir qo‘lida ko‘tara oladigan kuchi bor. Maktabda
sportning kurash turi bilan shug‘ullanardi. Hech kim uni mag‘lub 
qila olmagan. U bilan eng ko‘p kurashgan Nuriddin degan bola 
edi.
Bir kuni ikkovlari maktab bog‘ida janjallashib, urishib qolishdi. 
Kurashda Nuriddin engildi. Sinfga kirganida esa u Xolidning 
kitobini yirtib, yaroqsiz holga keltirdi. Bu ishni ko‘rgan Xolidning 
jahli chiqib ketdi, o‘rtog‘iga tashlanib, uning yuziga musht 
tushirdi. Natijada Nuriddinning burni qonab, kiyimlari qonga 
belandi. Sinf ham ifloslandi. Bu hodisadan butun sinf xafa bo‘ldi. 
Xolidning bu ishini oqlab bo‘lmaydi. Chunki bir hadisi sharifda: 
"Raqibini enggan pahlavon emas, balki g‘azab kelganida o‘zini 
bosib tura olgan haqiqiy pahlavondir”, deyilgan.
Farzand ota-onasi uchun nima qilishi kerak?
y aziz farzand, ota-onang senga eng yaqin, seni eng ko‘p 
yaxshi ko‘radigan va senga juda mehribon insonlardir. 
Ular sening hayotga kelishing sababchilaridir. Senga g‘amxo‘rlik 
qilish, tarbiyalash va seni barcha ozorlardan saqlashda ularning 
juda ham katta xizmatlari bor. Shunday ekan, ularning fazilatlarini 
bilib olib, ota-onangni hurmat qilishing kerak.


– 250 –
Ona fazilati
1. Onang seni to‘qqiz oy qornida ko‘tarib, shu vaqt orasida ko‘p 
og‘riq va qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazgan.
2. U sening jisming va kiyimlaringning tozaligiga e’tibor berar 
edi. Seni emizganda tepangda uzun tunlarni bedor o‘tkazar edi.
3. U senga qanday eyish, ichish, yurish va o‘ynashni o‘rgatgan, 
sen o‘shanda bularning birontasiga kuchi etmaydigan bir ojiz bola 
eding. Senga og‘riq bergan narsa uni og‘ritar edi, seni xursand 
qilgan narsa uni xursand qilar edi. Demak, sen onang bilan bir 
butun tanasan.
Ota fazilati
1. Otang har kuni ko‘chaga chiqib, qiynalib mehnat qilib, senga 
kerakli taom, kiyim, o‘yinchoq va boshqa narsalarni sotib olib 
kelar edi.
2. Sen ulg‘aygach, u seni maktabga yubordi. Ta’lim olishing 
uchun pul topib, sarfladi, seni odam bo‘lsin, katta bo‘lganida 
qiynalmasin, deb iztirob chekdi. 
3. Agar kasal bo‘lsang, seni davolash uchun doktorga olib 
borib, sog‘ayishing uchun dori-darmon olib kelar edi. Demak, 
otang sen uchun tayanchdir.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling