Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Odamlarni hurmat qilish
uyidagi odoblarga rioya qilish odamlarni hurmat qilish 
jumlasidandir:
1. Salomni oshkora ber, ko‘rishganda tabassum qilib, ochiq 
chehrali bo‘l. Chunki yuzni burishtirish va kibr odamlarda senga 
nisbatan nafratni paydo qiladi.
2. O‘zingga yaxshi ko‘rgan narsani odamlarga ham yaxshi ko‘r 
va o‘zingga ravo ko‘rmagan narsani odamlarga ham ravo ko‘rma. 
O‘ziga yoqqan narsani o‘zgalardan qizg‘anish va yoqtirmagan 
narsani birovlarga berish odobli bolalar ishi emas.
Agar avtobus yoki tramvayda o‘tirgan bo‘lsang, o‘zingga etarli 
joydan oshig‘ini band qilma. Chunki boshqa odamning o‘tirishiga 


– 261 –
xalaqit berasan. Unutma, jamoat transporti yolg‘iz seniki emas, 
unda boshqa odamlarning ham haqi bor.
3. Senga gapirayotgan odamga ovozingni baland ko‘tarma. Agar 
ular ota-onang, o‘qituvching kabi sendan yoshi ulug‘ va martabali 
kishi bo‘lsa, senga gapirayotgan paytda uning so‘zini bo‘lma.
4. O‘zing yoki mashinang ovozi yoki uni tez haydash bilan 
odamlarni bezovta qilma. Chunki yo‘lda yosh bolalar, zaifa ayollar 
va qariyalar bor. Sening bu qilig‘ing ularga ozor beradi.
5. Kambag‘alni kambag‘alligi uchun tahqirlama, bechorahol
nogiron yoki badanida biron aybi bor kishilarni masxara qilma. 
Balki o‘sha odam uchragan kasallikdan seni salomat qilgani uchun 
Allohga shukr qil.
6. Biron kishini u yomon ko‘radigan laqab bilan chaqirma. 
Do‘stlaring va tengdoshlaringga laqablar to‘qima. Chunki bu 
ularning diliga ozor etkazadi.
Bolalar lug‘ati
Hurmat – izzat, ehtirom, siylash, qadrlash; obro‘-
e’tibor.
Tahqirlash – nafratlanish, jinkanish, mensimaslik, 
haqorat, kamsitish, xo‘rlash.
Zaifa – 1. Kuchsiz, ojiza ayol. 2. Xotin, rafiqa, ayol.
Naqadar yomon ish
(Ibratli hikoya)
bulhasan rivoyat qiladi: “Biz Nabiy alayhis 
salom 
huzurlarida o‘tirgan edik. Davradan kimdir turib ketdi
biroq oyoq kiyimini unutib qoldirdi. Davradagilardan biri uning 
oyoq kiyimi ustiga o‘tirib oldi. Haligi kishi bir ozdan keyin qaytib 
kelib, oyoq kiyimini so‘radi:
– Biz ko‘rmadik, – deyishdi. Poyafzal egasi bezovtalanib qoldi. 
So‘ng uning oyoq kiyimi ustiga o‘tirgan kishi:
Mana oyoq kiyiming, – dedi.


– 262 –
Shunda Payg‘ambar alayhissalom:
– Musulmon kishini bezovta qilish naqadar yomon ish! – 
dedilar.
– Men hazillashdim, – dedi u kishi.
Rasuli Akram yana o‘sha gaplarini takrorladilar.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling