– 266 –
Dalda bo‘lish – ruhiyatni ko‘tarish, kuch-quvvat va g‘ayrat
bag‘ishlash; yordam, himoya.
Zimmadagi vazifa – o‘ziga yuklatilgan vazifa.
Hikmat
iror joyga borganda ortiqcha ezmalanib uzoq o‘tirmaslik
va o‘tirishda esa faqat kerakli so‘zlarni gapirish odamning
qadru qiymatini oshiradi.
Yaxshilikning mukofoti
(Ibratli hikoya)
o‘pon Ahmad tog‘aning g‘am-tashvishlari ko‘p
edi. U urushning og‘ir yillarini sira unuta olmaydi.
Chunki xuddi shu yillarda o‘zining qadrdonlarini yo‘qotgan edi.
Turmush o‘rtog‘i vafot etib, o‘g‘li
daraksiz ketgan, shahardagi
ishidan ajragandan keyin qishloqda cho‘pon bo‘lib
ishlayotgan
edi. Bir kuni yo‘l chetida qo‘ylarini boqib turganida bir
kasalmand yigitni shaharga kuzatayotgan odamlarni ko‘rib
qoldi. Afti-basharasidan uning kambag‘alligi bilinib,
kalta
kamzulda sovuqdan qaltirab turardi. Shunda cho‘pon Ahmad
tog‘a necha yillardan beri ustidan
echmagan chakmonini unga
kiygizib qo‘ydi.
Kasalxona yo‘lakchasida shifokor tashxisini kutib turgan
kasalmand yigit bir kishining elkasiga qo‘lini qo‘yib «ota»
deb chaqirganini sezdi. Kasalmand
yigit bundan ajablandi va
boshini ko‘tarib unga qaradi. Dastlab «ota» deb chaqirgan bu
yigitni tanimadi. Yigit ham hayron bo‘ldi va undan uzr so‘rab
shunday dedi: «Siz kiygan bu chakmon men necha yillardan beri
ko‘rmagan otamning chakmoniga o‘xshar ekan,
men sizni otam
deb o‘ylabman, kechirasiz».
Kasalmand yigit undan: «Otangiz kim edilar?» deb so‘radi
va biroz gaplashib o‘tirgandan keyin bildiki, u chakmonini
bergan cho‘pon Ahmad tog‘aning o‘g‘li ekan. Shunda unga:
– 267 –
«Chindan ham bu chakmon otangizniki, siz adashmadingiz»,
dedi. Shifokor ko‘rigidan o‘tgandan so‘ng
kasalmand yigit
cho‘pon Ahmad tog‘aning shifoxonada shifokor yordamchisi
bo‘lib ishlaydigan o‘g‘li bilan qishloqqa qaytdi.
Shunday qilib,
cho‘pon Ahmad tog‘aning yaxshiligi o‘g‘lining topilishiga sabab
bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: