– 256 –
Aka-uka va opa-singillarimiz
oldidagi vazifalarimiz
ziz bolalar, siz aka-uka va opa-singillaringizni hammadan
ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘rib,
hurmat-ehtirom qilishingiz
kerak. Zero, sizlar bir ota-onadan tug‘ilgansiz va eng yaqin
qarindosh hisoblanasiz. O‘zaro munosabat masalasida sizlarning
orangizdan qil ham o‘ta olmasligi kerak. Ko‘chadagi do‘stlar bir
kuni kelib sizni tashlab ketishi ehtimoli bor. Ammo o‘z jigaringiz
yaxshi kunda ham, yomon kunda ham aslo sizni tashlab ketmaydi.
Chunki sizlarni ota-ona bog‘lab turadi, sizlar o‘zaro
aka-uka va
opa-singilsizlar. Sizlarning aloqa va munosabatingiz uzilmas rishta
bilan bog‘langan, biron manfaat ustida qurilmagan. Shunday
ekan, aziz farzandlar, bir-biringizga mehribon bo‘linglar,
hurmat
bilan muomala qilinglar. Buni ko‘rgan ota-onangiz ham xursand
bo‘ladi. Aka-uka va opa-singillariga hurmat ko‘rsatadigan bolani
boshqa odamlar ham yaxshi ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: