– 255 –
Do‘kondan non olib kelishni 1000 so‘mga, onasi bilan bozorga
borib kelishni 2000 so‘mga
baholasa, qimmatga tushmaydigandek
edi. Xuddi shunday qildi. Bir varaqqa oy davomida bajargan
ishlarini yozib narx qo‘ydi. Umumiy summa 250.000 so‘mni
tashkil qildi. Xatni sekingina onasining yoniga solib qo‘ydi.
Boyish yo‘lini topganidan boshi osmonda edi uning!
Ertalab dars stoli ustidan 250.000 so‘m pul va bir xat topdi:
“O‘lim bilan olishib
seni dunyoga keltirganim, yillar bo‘yi ustingni
toza tutganim, ming bir azob bilan o‘stirayotganimning haqqi –
faqat sevging va yonog‘ingdan olganim birgina o‘pichdir! Ishlab
topgan pulingni o‘ynab-kulib ishlat, bolajonim!..”
Do'stlaringiz bilan baham: