Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Oshxona va ombor
shxona –
ovqat tayyorlanib, tanovul qilinadigan xona. 
Bu xonada har kuni ovqat pishiriladi va eyiladi. Shuning 
uchun oshxona juda ham ozoda bo‘lishi kerak. Bu joyni bir kunda 
bir necha marta tozalab turish lozim. Oshxonadagi idishlar va 
jihozlarning hammasi chinnidek toza bo‘lishi zarur. Ularni yuvib 
bo‘lingandan keyin qog‘oz yoki sochiq bilan quritiladi. Shundan 
keyin turiga qarab, o‘z joyiga qo‘yiladi. Qoshiq-sanchqilar va 
pichoqlar alohida, tarelka va kosa kabi idishlar alohida turadi. 
Stol ustida yoki suv jo‘mragi yonida idish qolib ketmasligi kerak. 
Ba’zilarning oshxonasida idishlar va narsalar stolning ustida 


– 242 –
kechgacha yuvilmasdan sochilib yotadi. Bu to‘g‘ri emas. Ba’zi 
odamlar o‘z oshxonasini chinnidek toza qilib qo‘yadi. U erga 
kirilsa, ko‘zingizga bironta ortiqcha narsa ko‘rinmaydi. Hamma 
narsa did bilan o‘z joyiga qo‘yilgan bo‘ladi. Bu qanday yaxshi! Har 
safar ovqat pishirgandan so‘ng gaz o‘choq yoki plitalar ustini artib 
qo‘yiladi. Chunki unga suv yoki ovqat qoldig‘i to‘kilgan bo‘ladi.
Oshxonada qo‘lni va idishlarni artadigan alohida sochiqlar va 
qog‘ozlar turishi kerak. Oziq-ovqat turadigan va suv solinadigan 
idishlarning usti doimo yopiq turishi kerak. Ombor –
 keyinroq 
ishlatiladigan ozuqa yoki boshqa mahsulotlarni g‘amlab qo‘yiladigan 
xona. Omborxonada ko‘proq xom oziq-ovqatlar ham turadi. 
Omborxona ham oshxona kabi ozoda tutilishi lozim. U joyning 
quruq va qorong‘iroq bo‘lgani yaxshi. Omborxonada turgan 
ozuqalarni tekshirib turiladi, agar achiganlari bo‘lsa, darhol chiqindi 
idishga tashlab yuboriladi. Omborda sichqon va zararkunandalarga 
qarshi dorilar qo‘yiladi.
Hovli, yo‘lak va hammom
ovli va yo‘lak odam yuradigan va ko‘pchilik ko‘zi tushadigan 
uy sahni. Hovli va yo‘laklar doimo tozalanib, supurilgan 
bo‘lishi kerak. Hovli sahniga mevali va manzarali daraxtlar va 
chiroyli muattar gullar ekiladi. Daraxtlar va o‘simliklar havoni 
zararli gazlardan tozalashi inobatga olinib, ularni ko‘paytirish va 
chiroyli parvarish qilish odamlarga foyda keltiradi. Ba’zilar o‘z 
uyida mol, qo‘y yoki tovuq boqadi. Ularga maxsus molxona 
yoki tovuqxona quriladi. Buni yordamchi xo‘jalik, deyiladi. U 
joylar ham tez-tez tozalab turilishi kerak. Agar shunday qilinmasa, 
molxonadan havoga sassiq hid ko‘tarilib, qo‘ni-qo‘shnilarga ozor 
etadi. Qo‘shniga ozor berish gunoh. 
Hammom – inson sog‘lig‘ini saqlash uchun nihoyatda muhim 
xona. U erni ham yuvinib-cho‘milgandan keyin tozalab, shamollatib 
turiladi. Hammomda uchta asosiy joy bor: yuz-qo‘l yuvadigan er 
(”umivalnik”); hojat ushatadigan joy (”unitaz”); cho‘miladigan 
er (vanna yoki dush). Bu joylar doimo oppoq va ozoda holda 


– 243 –
turishi lozim. Xushbo‘y narsa sepib yoki oynani ochib, yomon 
hidlarni ketkazish zarur. Uy egasi qay darajada ozodaligini uning 
hammomidan ham bilsa bo‘ladi.
Aziz bolalar, sizlar “hojatxona odoblari”, degan darsda ko‘p 
narsalarni o‘rgandingiz. Ana shu qoidalarga, albatta amal qilish 
kerak. Ba’zilar hammomga turli kiyim va sochiqlarni qatorlashtirib, 
ilib qo‘yishi durust emas. Uncha zarur bo‘lmagan kiyimlarni ko‘z 
tushmaydigan erga taxlab qo‘yish kerak. Yana ba’zi hammomlarda 
eski cho‘tkalar, soch oladigan asboblar chang bosib yotadi. Keraksiz 
narsalarni saqlab yurish to‘g‘ri emas. Yaroqsiz bo‘lib qolgan 
narsalarni chiqindi bilan olib chiqib tashlash kerak.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling