Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
Yotoqxona va darsxona
ta-onalar maktabda o‘qiydigan bolalariga uyda alohida xona ajratib, kerakli shart-sharoitni yaratib beradilar. Bunday alohida xonani yotoqxona va darsxona, deb aytiladi. Yoki bolalar xonasi, deb atalishi ham mumkin. Bu xona bir yoki bir necha bola uchun ajratiladi. Bunday xonada bola dars qiladi, o‘yinchoq o‘ynaydi, uxlab dam oladi. Shunday xonasi bor bolalar o‘z xonalarini doimo ozoda va sarishta tutishlari kerak. Oldin aytganimizdek, xona ozoda va toza bo‘lishi uchun bir shartni bajarish zarur. Bu shart tartibdir. Tartib har bir narsani o‘z o‘rniga qo‘yishdir. Bolalarga ajratilgan bunday xonada faqat bolalarga tegishli narsalar turishi kerak. Bolalar ishlatmaydigan narsalarni bu xonadan olib chiqish lozim. Bolalar xonasida nimalar bo‘lishi kerak? Bu xonada karavot, kiyim shkafi, stol-stul va kitob javoni bo‘ladi. Hozirgi vaqtda – 241 – yana o‘yinchoqlar qutisi yoki kompyuter turishi mumkin. Devorga ilinadigan narsalar – dars jadvali, kalendar, soat, doska, xarita va jonsiz narsalarning surati bo‘lishi ham joizdir. Javonda turadigan kitoblar, maktab darsliklari, daftarlar, kundalik daftar, ruchkalar, qalamlar, qog‘ozlar hammasi tartibli ravishda taxlab qo‘yiladi. Ularni tez-tez tekshirib, artib turish kerak. Stol ustida kompyuter, stol lampasi, deraza tokchasida anvoyi gullar turadi. Kitob-daftar turadigan javon alohida, o‘yinchoqlar turadigan shkaf yoki quti alohida bo‘lishi kerak. Xonaga qo‘yilgan narsalar, rasmlar, o‘yinchoqlar bolaning yoshi va darslariga mos bo‘lishi kerak. Bola yotadigan o‘rindagi choyshab va ko‘rpa-yostiqlar tozaligiga e’tibor berish kerak. Karavot va stol-stullarni tez-tez artib turish kerak. Xonani har kuni yig‘ishtirish va albatta shamollatish lozim. Bu ishlarni o‘zi qila olmasa, unga ota-onasi yoki opa-akalari yordam beradi. Agar xonani va undagi narsalarni tozalab turilmasa yoki xonada keraksiz narsalar sochilib yotaversa, nima bo‘ladi? Bunday uyda yashaydigan bola darslarini yaxshi tayyorlay olmay qoladi. Kechasi uxlaganda tushiga har xil narsalar kirib chiqadi. Chunki shayton va jinlar kir-chir va tartibsiz joylarga keladi. U tozalikka rioya qilmaydigan xonadonga osongina kirib oladi va unda yashaydiganlarni vasvasa qiladi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling