Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quvchining uyidagi odobi
Qo‘shnisini o‘ylagan Zokir
(Ibratli hikoya) okir yaxshi bola. Otasi boy kishi, unga hamma narsani muhayyo qilib qo‘ygan. Afsuski, shunday qulaylik bo‘la turib, Zokir kambag‘al va yo‘qsil kishilar qanday hayot kechirishi haqida hech narsa bilmaydi. Bir kuni stadionga ketayotgan yo‘lda Zokirni bir it quvlab qoldi. U itdan qochib bir tor ko‘chaga kirib qoldi. Shu payt bir toshga qoqilib erga uchib tushdi. Ko‘zini ochganida jarohatlarini bog‘lab qo‘yayotgan va uni parvarish qilayotgan ayolni va o‘ziga tengdosh bolani ko‘rdi. Muhammad bilan onasi Zokirni itdan qutqarib, uni uylariga olib kirishdi. Zokir ularga minnatdorlik bildirdi. Ular yashab turgan uylari shu darajada oddiy va ko‘rimsiz ekanidan ajablandi. Kechqurun ularnikida qoldi. Zokirning tomog‘idan ovqat o‘tmadi. U oddiy taomni eyishga qiynalib, og‘ziga olgan luqmalarni yuta olmadi. Keyingi kuni onasi tayyorlagan ovqatni ko‘tarib Muhammadning uyiga bordi va taomini o‘sha erda ular bilan birga baham ko‘rdi. Demak, yaxshi kishilar o‘zidagi bor narsalarni qo‘shnilari bilan baham ko‘rishlari kerak. Zero, hadisi sharifda “Kimki o‘zi to‘q bo‘lib yon qo‘shnisi och holda ekanini bilib turib tunni o‘tkazsa, u menga imon keltirmabdi”, deyilgan. – 244 – O‘quvchining uyidagi odobi y farzand, uying sen uchun eng aziz makondir. Sen unda ulg‘ayib, voyaga etasan. Ota-onang mehr-muhabbatini shu joyda ko‘rasan, ular seni sevib-ardoqlashadi, seni yaxshi ko‘rishadi va yaxshi inson bo‘lishingni xohlab, kerakli shart- sharoitni muhayyo etishadi. Sen u erda uxlaysan, o‘ynaysan, dam olasan, ovqat eysan va choy ichasan. Shunday ekan, sen u erda chiroyli axloq va go‘zal odob bilan quyidagilarga amal qilib yashashing kerak: 1. Maktabdan qaytganingda, uxlashdan oldin va uyqudan turganingda oila a’zolaringga salom ber. 2. Ota-onangga itoat qil, o‘zingdan yoshi katta akalaring, opalaring va boshqa qarindoshlaringni hurmat qil va o‘zingdan kichkinalarga mehribon bo‘l. 3. Agar uyda xizmatkorlar bo‘lsa, urib so‘kish bilan ularga ozor berma. Agar ulardan biron narsa so‘ramoqchi bo‘lsang, muloyimlik bilan so‘ra. 4. Uy jihozlarini, elektr qo‘ng‘iroqlarni va suv jo‘mraklarini behuda o‘ynama, devor, o‘rindiq va ko‘rpachalarni iflos qilma. Ularga bo‘r yoki qalam bilan chizma. Agar uyda bog‘ bo‘lsa, daraxt shoxlari va gullarni sindirma. 5. Koptok tepib, ko‘p baqirib yoki yugirib uydagilarga ham, qo‘ni-qo‘shnilarga ham ozor berma. Uydagi narsalarga zarar keltiradigan o‘yinlarni uy ichida o‘ynama. Maktabdan qaytganingda kiyimlaringni ilgakka osib qo‘y, qidirib vaqtingni bekor ketkazmasliging uchun kitoblaringni o‘zing biladigan joyga qo‘y. 6. Darslaringni tayyorlash uchun alohida vaqt ajrat va o‘sha vaqtda boshqa narsaga chalg‘ima. 7. Qo‘shnilaring va ularning bolalarini ranjitma. Ularni ko‘rganingda salom ber, muloyimlik va odob bilan muomala qil. 8. Agar biron qarindoshing yoki mehmon ota-onangni ziyorat qilib kelsa va sen unga salom bermoqchi bo‘lsang, yuz-qo‘llaringni va kiyimingni tozalab, odob bilan uning oldiga bor. – 245 – 9. Tovuq, quyon, mushuk va shularga o‘xshash uy hayvonlariga ozor berma. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling