Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Sochiq, tish cho‘tka va ko‘rpa-yostiqlar
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik jihozlar va o‘yinchoqlar
Sochiq, tish cho‘tka va ko‘rpa-yostiqlar
1. Sochiq, tish cho‘tka. Har bir bolaning sochiq va tish cho‘tkasi alohida bo‘ladi. Bularni hammomning ichida tayinli joyga qo‘yiladi. Yaxshi bola yuz-qo‘llarini va tishlarini har kuni bir necha marta yuvadi. Tish cho‘tkani ishlatib bo‘lib, yana yuvib qo‘yish kerak. Sochiqni ham tez-tez yuvish lozim. Agar tez-tez yuvib turilmasa, u hidlanib qoladi. 2. Ko‘rpa-yostiq va choyshab. Uyquga yotilganda yuz ko‘rpa- yostiq va choyshablarga tegib turadi. Choyshabni va yostiq jildlarini o‘z vaqtida yuvib turiladi. Agar ular toza bo‘lsa, nafas olganda havo ichga toza holda kiradi. Kitob va o‘yinchoqlarni ko‘rpa, yostiq va choyshablar orasiga qo‘yish durust emas. Kiyimlar ham ulardan alohida turishi kerak. Odobli bola uyqudan turgandan keyin ko‘rpa-to‘shaklarini yig‘ishtirib, ularni chiroyli qilib taxlab qo‘yadi. 3. Karavot, stol-stullar. Har bir bola o‘zi yotadigan karavot changlarini artib turishga odatlani-shi kerak. Ko‘p bolalarga uyda dars qilishlari uchun alohida stol-stullar ajratib berilgan. Yaxshi bola-lar o‘z stol-stullarini artib turadi, ular ustiga har xil bo‘yoqlar bilan chizmaydilar. Stolning ustini doimo tartibli tutadilar. Uning ustiga chiqib o‘ynamaydilar. Dars tayyorlaydigan stolda ovqat emaydilar. Texnik jihozlar va o‘yinchoqlar 1. Kompyuter, disk, magnitofon, pleyer, tele-fonlar. Ba’zi bolalarning otalari “bolam tezroq va ko‘proq ilm olsin” deb qimmat turadigan zamonaviy apparatlarni olib berishadi. Bunday apparatlarni ehtiyot qilinmasa, tezda buzilib, ishdan chiqib qolishi mumkin. Shuning uchun ularni qadrlash kerak. Kompyuter kabi texnika asboblarni ishlatib bo‘lgach, albatta tokdan o‘chiriladi. Ertasiga yoqqanda yaxshi ishlaydi. Apparatlar ustini tez-tez artib turish kerak. Artganda spirt yoki maxsus modda ishlatiladi. Shunda ularga chang tushmaydi. Apparatda changlar yig‘ilib qolsa, u buzilib qolishi mumkin. – 238 – 2. O‘yinchoqlar. Boshlang‘ich sinfda o‘qiyotgan ba’zi bolalarga ota-onasi o‘yinchoq olib beradi. Shu o‘yinchoqlarni uyda qo‘yiladigan alohida joy bo‘lishi kerak. Ba’zi bolalar o‘yinchoqlarini kiyimlari ichiga tashlab qo‘yadi yoki kitob- daftarlar bilan aralash-quralash qilib tashlaydi. Bunaqada o‘yinchoqlar kirlanadi yoki sinadi. Kitob daftarlar ham o‘yinchoq tegib titilib qoladi. O‘yinchoqlarni ham tez-tez artib turish kerak. Ularni otib yuborish va sindirish durust emas. Chunki ota-onasi unga peshana teri bilan topadigan ish haqi hisobidan sotib olgan. Shuning uchun uni qadrlab, avaylab foydalanish kerak. Dars paytida o‘yinchoq o‘ynash noto‘g‘ri. Balki darsini to‘liq tayyorlab bo‘lgach, biroz oz o‘ynab, charchog‘ini ketkazish bola uchun foydalidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling