Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Ko‘ylak va ichki kiyimlar
o‘ylak uyda ham, ko‘chada ham kiyib yuriladigan doimiy 
libos. Shuning uchun u tez kir bo‘ladi. Ko‘ylakning eng 
ko‘p kir bo‘ladigan qismi yoqasi va engi. Demak, ko‘ylakning yoqa 
va engini tez-tez tekshirib turish kerak. Agar kirlangan bo‘lsa, 
yuvdirish va dazmollatish lozim.
Bolalar ovqat eyotganda ehtiyot bo‘lsinlar. Ba’zi bolalar ovqatni 
xuddi birov eb qo‘yadigandek shoshib eganlaridan ko‘ylaklariga 
to‘kib, oqizib yuboradilar. Yana ba’zi bolalar beadabligi bois 
ovqatni eb, qo‘lini kiyimiga artadilar. Bunaqada kiyim dog‘ bo‘lib 
qoladi, uni yuvsa ham ketmaydi. 
Ichki kiyimlar. Ichki kiyimlar (mayka, ichki ishton) odamning 
badaniga bevosita tegib turadi. Shuning uchun ularning toza 
bo‘lishi juda muhim. Ichki kiyim boshqalarga ko‘rinmaydi. Har 
bir bola o‘zining ichki kiyimlarini tekshirib turishi kerak. Sal 
kirlangan bo‘lsa, almashtirish lozim.
Bolalar hojat ushatganda ehtiyot bo‘lishlari zarur. Chunki bu 
paytda kiyimga najosat (siydik, axlat) tegsa, albatta yuvish shart. 
Nopok kiyimda yurish kishi sog‘lig‘iga zarardir. Agar ichki kiyimga 
e’tibor berilmasa, u hidlanib, biron-bir kasallikni yuzaga keltiradi.


– 233 –
Oyoq qiyimlari
ufli, etik, shippak, sandal kabi oyoq kiyimlari ko‘chada 
va hovlida har xil erlarni bosib yuradi. Ularga chang, loy 
yoki najosat ilashib qolishi mumkin. Odobli bola yo‘lda yurganda 
nopok erlarni bosmaydi. Mabodo oyog‘iga biror iflos narsa tegib 
ketsa, darrov tozalaydi. Ko‘chadan qaytganda uyga kirishdan 
oldin oyoq kiyimlariga bir qarab oladi. Agar iflos narsa tekkaniga 
ko‘zi tushsa, oyog‘ini erga ishqalab tozalaydi. Yoki biror cho‘p 
bilan najosatni ketkazadi. Odobsiz bola loy, kir oyoq kiyimi bilan 
uyiga kirib ketaveradi va uyni iflos qilib qo‘yadi.
Paypoq. Paypoq doimo poyabzal ichida va echib qo‘yilganda 
gilamga o‘xshash narsalar ustida bo‘ladi. Shuning uchun u tez 
kirlanadi. Bundan tashqari ba’zan oyoq paypoq ichida terlaydi. 
Oyoqdan chiqqan ter va hid paypoqqa o‘tadi va keyin undan 
atrofga badbo‘y hid tarqala boshlaydi. Shuning uchun oyoqni 
ham, paypoqni ham tez-tez yuvib turish kerak.
Dastro‘mol
ydan tashqarida bo‘lganda ba’zida qo‘lni yoki og‘iz-
burunni yuvishga to‘g‘ri kelib qoladi. O‘sha paytda 
yuvilgan a’zolarni artish uchun dastro‘mol yoki bir martalik 
salfetka ishlatiladi. Dastro‘mol cho‘ntakda olib yuriladigan narsa. 
U yuvilgan va taxlangan holatda bo‘lishi kerak. Aytaylik, siz 
avtobusda ketayapsiz, yoki ko‘pchilik bilan gaplashib o‘tiribsiz. 
Kutilmaganda aksirib qoldingiz. Nima qilasiz?
– Bunaqa paytda burunni dastro‘mol yoki salfetka bilan to‘siladi, 
keyin unga artiladi. Ba’zi joylarda aksirganda va yo‘talganda og‘iz 
va burunni eng bilan to‘sish odati bor. Ba’zi bolalar dastro‘mol 
tutishni esdan chiqarib qo‘yishgan. Dastro‘molni ko‘rmaganlariga 
ancha bo‘lib ketgan. Bir martalik qog‘ozni ham bilishmaydi. Bu 
yaxshi emas. Odobli bola har safar ko‘chaga chiqib ketishdan 
avval dastro‘molni bir tekshiradi. Yo bo‘lmasa cho‘ntagiga bir 
marta ishlatiladigan salfetkadan bir necha dona solib oladi.


– 234 –

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling