Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar lug‘ati Halol
Halol rizq va halol mehnat
olalar shuni zinhor unutmang, halol rizq egan odamning tani sog‘lom, qilgan ishlari to‘g‘ri bo‘ladi. Harom rizq egan odamning qilgan ishi unumsiz bo‘ladi. Uning duosi ham, ibodati ham qabul bo‘lmaydi. Halol rizq sog‘liq uchun foydali. Harom ovqat va ichimlik inson tanasiga zarar etkazadi va jamiyatni buzadi. Taom va ichimlik halol bo‘lishi uchun nimalarga e’tibor berish lozim? Taom halol bo‘lishi uchun unda uchta shart bo‘lishi kerak: 1. Halol yo‘l bilan pul topish. 2. Halol hayvon yoki zararsiz o‘simlikdan ovqat tayyorlash; 3. Hayvonni shar’iy yo‘l bilan so‘yish. Halol rizq topish uchun, avvalo halol mehnat qilish lozim. O‘g‘irlik, poraxo‘rlik, qimorbozlik kabi yo‘llar bilan pul topish harom. Bunday pulga oziq-ovqat sotib olgan odam harom ovqat egan bo‘ladi. Ma’lumki, ovqat go‘sht va o‘simliklardan tayyorlanadi. Uy hayvonlaridan tuya, mol, qo‘y, echki va otning go‘shti halol. Yovvoyi holda yashaydigan ba’zi hayvonlar ham halol. Bularga kiyik, bug‘u, tog‘ echkisi, yovvoyi mol kiradi. Yovvoyi holda kun kechiradigan hayvonlarning go‘shti haromdir. Iflos narsalarni – 226 – eydigan jonivorlar ham harom sanaladi. Suv hayvonlaridan baliqlarning hamma turi halol. O‘simlik va donlar ham halol sanaladi. Ammo qaysi o‘simlik zararli bo‘lsa, o‘shani iste’mol qilish harom bo‘ladi. Masalan, aqlga zarar etkazadigan nasha harom. Mast qiladigan ichimliklar ichish harom. Shar’iy yo‘l bilan so‘yilmagan hayvon go‘shtini ham eb bo‘lmaydi. Bolalar lug‘ati Halol – ruxsat etilgan, qonuniy, to‘g‘ri, pok (shariat tomonidan ruxsat etilgan ish va so‘z). Harom – man qilingan, noqonuniy (shariat tomonidan man qilingan ish va so‘z). Rizq – nasiba, ulush, ne’mat (taom va ichimliklar ham, iste’dod va qobiliyat kabilar ham insonga berilgan rizqdir). Harom luqma bu Zafar Mag‘ribiy bir asarida Muhosibiy yoshligidan zukko va hozirjavobligi bilan tanilganini shunday hikoya qiladi: «Horis Muhosibiy yoshligida xurmo sotuvchi bir kishining eshigi oldida o‘ynayotgan bolalar oldidan o‘tib qoldi. U bolalar o‘yinini biroz tomosha qilib turdi. Bir vaqt hovli egasi qo‘lida bir qancha xurmo bilan uyidan chiqib, manavi xurmolardan egin, deya Horisga xurmolarni uzata turib, hozirgina bir kishiga xurmo sotganida undan tushib qolganini aytdi. Horis uni taniysizmi, dedi. U taniyman, dedi. Horis boshqa bir so‘z demasdan uyiga yo‘l oldi. Xurmofurush uning orqasidan chopib borib, elkasidan tutib shunday dedi: «Allohga qasamki, menga ichingdagini aytmaguningcha, qo‘yib yubormayman». Horis unga: «Ey shayx, agar musulmon bo‘lsangiz, qattiq chanqagan vaqtda suvni izlagandek hisobidan qutulish uchun xurmo egasini izlang. Musulmon bolalariga harom luqmani edirasizmi?», dedi. Shayx: «Allohga qasamki, shundan keyin savdo qilganda juda ehtiyot bo‘lib ish tutdim», dedi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling