Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar uchun nonushtaning foydasi
Bekinmachoq o‘yini
(Ibratli hikoya) okir do‘stlari bilan bekinmachoq o‘yini o‘ynayotgan edi. Bekinish uchun har tomonga tarqab ketganlarida Shokir yo‘l chetidagi ulkan kashtan daraxtining orqasiga bekinmoqchi bo‘ldi. Bu o‘yinda biror bolaning uni topib olishi qiyin edi. Shu paytda oppoq soqolli musofir kishi shaharga kelib, Shokir bekinib turgan kashtan daraxtiga yaqinlashib qoldi va unga dedi: “O‘g‘lim, sendan bir manzil haqida so‘ramoqchi edim”. Shokir biroz shoshilib qoldi va undan jim bo‘lishini so‘rab qo‘llari bilan ishora qildi. Haligi kishi Shokir nima uchun jim bo‘lishini talab qilayotgani- ga tushunmadi va unga ajablanib qarab dedi: “Sendan bir narsa haqida so‘ragandim. Agar bilsang xabarini ber, bilmasang o‘zing jim bo‘l!” So‘ngra taajjublanib dedi: “Shahar bolalari sog‘-salomat ekan-ku, ammo ularning ahvoli kulgili va qiziq!” O‘yindagi bolalar anavi erda bir keksa yoshli kishi daraxt ortiga bekingan o‘rtog‘i bilan gaplashib turganini ko‘rgach, o‘sha bola Shokir ekanini bilishdi. Oyoq uchida yurib sekin-asta o‘sha daraxtga yaqinlashishdi. Ulardan qattiq norozi bo‘lgan qariya kelgan tomoniga qaytib keta boshladi. Shunda Shokir qattiq xijolat bo‘lib o‘yinini tashladi, bekingan joyidan chiqdi. Nuroniy qariyaning ortidan yugurdi va undan kechirim so‘radi. Keyin qariyani ketayotgan manziliga olib borib qo‘ydi. Bolalar uchun nonushtaning foydasi (Tibbiy maslahat) olalarning nonushtasi har kunlik harakatla-ri va o‘qishni qay darajada o‘zlashtirishlariga ta’sir qiladi. Kunni yaxshi nonushta bilan boshlagan bolalarning maktabda yaxshi o‘qishlari va tanlovsiz iste’molga xohish bildirmasliklari ma’lum bo‘lgan. – 225 – Nonushtada toza mevaning sharbati yoki sut, pishloq, tuxum, kepagi olinmagan unli non iste’mol qilish juda foydali. Nonushta qilmagan o‘quvchilarning fikrini jamlashda qiynalishlari, behuzur bo‘lishlari va qondagi qand miqdori pasayib, yanada tez charchashlari kuzatilgan. Uyqu ham etarli bo‘lmasa, stress (tushkunlik, ruhiy bosim) garmonlari ortadi va keragidan ziyod kaloriya iste’moliga zamin hozirlaydi. Tadqiqotlar nonushtaning imtihon baholariga ham ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Nonushta qilish odatini davom ettirish bolalikdagi depressiya va giperaktivlik borasida ham himoyalovchi ta’sirga egadir. Nonushta bilan kunni boshlagan bolalarning diqqat va zehni o‘tkir bo‘ladi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling