Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Ovqatlangandan so‘ng bajariladigan ishlar
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ovqatlanishning umumiy odoblari
Ovqatlangandan so‘ng bajariladigan ishlar
vqatlanib bo‘lgandan so‘ng mana bu ishlarni qilamiz: 1. Tarelkani (yoki kosani) non yoki barmoq bilan yalash; 2. Dasturxonga to‘kilgan ushoq yoki ovqatlarni terib eyish; 3. Barmoqdagi ovqat qoldiqlarini yalash; 4. Taomdan keyin aytiladigan duoni o‘qish; 5. Ovqat tayyorlaganga rahmat aytish; 6. Dasturxonni yig‘ishtirish; 7. Idish-tovoqlarni yuvish; 8. Qo‘l va og‘izlarni yuvish. Ovqatlanishning umumiy odoblari ziz bolalar, quyidagilar ovqatlanishning umumiy odoblariga kiradi: 1. Eyiladigan taom halol yo‘l bilan topilgan, yaxshi va toza bo‘lishi kerak. 2. Faqat ruxsat etilgan narsalarni eb-ichish, sog‘liq uchun zararli eguliklardan saqlanish. 3. Taomni etkazgani uchun Allohga shukronalar aytish. 4. Taom eyishdan oldin qo‘llarni yuvish va og‘izni chayish. 5. Taomni o‘ng qo‘li bilan eyish. 6. O‘rtadagi idishdan ovqatlanayotganda o‘z oldidan olib eyish, boshqalar oldidagi narsalarga qaramaslik va hojatidan oshig‘ini emaslik. 7. Dasturxon atrofida toza va pokiza kiyimda o‘tirish. – 221 – 8. Luqmani kichikroq olish, katta luqma olish va yaxshi chaynamay yutish o‘ta odobsizlik va sog‘liq uchun zarardir. 9. Ovqat yaxshi hazm bo‘lishi uchun uni yaxshilab chaynash. Har xil ovozlar chiqarib, pishillab chaynamaslik. 10. Og‘izni ovqat bilan to‘ldirib olmaslik va og‘izda ovqat bor paytda gapirmaslik. 11. Boshqa bir kishining eyayotgan taomiga va olgan luqmasiga qaramaslik. 12. Og‘ziga solingan ovqatdan suyak va boshqa narsalar chiqsa, og‘izdan olib dasturxonga qo‘ymaslik. O‘zgalar e’tiborini qaratmaslik uchun shunday qilinadi. 13. O‘zgalar ishtahasini buzadigan va dilini siyoh qiladigan harakatdan nihoyatda ehtiyot bo‘lish. 14. Odamlar ovqat eyayotganida tishni kavlamaslik. Tishdan chiqqan narsalarni odamlar nazari tushmaydigan joyga tashlash. 15. Ovqat eyish vaqtida iloji boricha suv ichmaslik, agar ichmoqchi bo‘linsa, piyola yoki idish yog‘ bo‘lmasligi uchun oldin qo‘lni yaxshilab artish kerak. 16. Nonni erga tashlamaslik, non ustiga tovoq va boshqa idishlarni qo‘ymaslik. 17. Bir xil ovqat bilan kifoyalanish va oshqozon to‘lib ketgungacha ovqat emaslik. Agar shunday qilinsa, ovqat hazm bo‘lishi og‘irlashib, kasallik keltirib chiqarishi mumkin. 18. Agar aksirmoqchi yoki og‘zidan bir narsani chiqarmoqchi bo‘lsa, yuzni dasturxondan boshqa tomonga burish va og‘izni berkitish. 19. Ovqat idishini yaxshilab tozalab qo‘yish, taomni oxirigacha eb, kosa va lagandagi yog‘larni non bilan artib olish. Mana shunda baraka va fayz yog‘iladi, isrofdan saqlaniladi. 20. Qo‘ldagi yog‘ni avval yalab, keyin sochiqqa artiladi. Qo‘l yog‘ini yalamasdan yuvib tashlash yoki artish isrofdir. 21. Agar maktab oshxonasida o‘tirilsa, to‘polon qilmaslik va o‘z nasibasidan ko‘proq ovqat eyishga urinmaslik. 22. Agar oshxona xizmatchisidan piyola, qoshiq va salfetka – 222 – (qo‘l sochiq) kabi biron narsa so‘ramoqchi bo‘lsa, muloyimlik bilan so‘rash. 23. Ovqat eb bo‘linganidan keyin qo‘llar va og‘izni yuvish, tishlar tozaligiga e’tibor berish (ayniqsa, kechki ovqat iste’molidan keyin qo‘l va og‘izni yaxshilab yuvib, tishlarni tozalab keyin uyquga yotish kerak. Qo‘l va og‘izda yog‘ va shira kabi narsalar qoldig‘i qolib ketsa, sog‘liqqa zarar bo‘ladi). 24. Qo‘lni yuvayotganda qo‘l va tishlar orasini tozalashga alohida e’tibor berish. 25. Taomni eb bo‘lganidan keyin “Alhamdulillah” (“bizni edirib-ichirgan va musulmon qilib yaratgan Allohga shukr”), deb bergan ne’matlari uchun Allohga hamd aytib, “rahmat, ovqat shirin bo‘libdi”, deb ovqat tayyorlaganlarga minnatdorlik bildirish. 26. Ovqatdan hosil bo‘lgan kuch-qudratni yaxshi va savobli ishlarga sarflash. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling