Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zararli odatlardan uzoq bo‘ling!
- Janjalkash bola
Har bir sohada tozalik muhimdir
ar bir sohada tozalikka ahamiyat berish va poklik sari intilish taraqqiyotning asosidir. Yuqorida insonning tanasi, uy-joylari va liboslari toza bo‘lishi lozimligi aytib o‘tildi. Ammo biz yana bir a’zoning pokligiga alohida e’tibor berishimiz lozim. Bu qalbdir. To‘g‘ri, bolalar qalbi tug‘ilganida pok va ma’sum holda tug‘iladi. Bu a’zoni odob va xush xulqlar har xil chirk va iflosliklardan asraydi. Ammo tengdoshlaringiz ichida yomonlik qilishni qalbida asrab yuradigan bolalar ham uchrashi mumkin. Shunday ekan, har qanday zararli ishlardan saqlansak, qalbimizni ham toza saqlagan, uni turli ma’naviy kirlardan pok tutgan bo‘lamiz. Zararli odatlardan uzoq bo‘ling! urmatli bolajonlar, hayotda inson sog‘lig‘i va ruhiy holatiga zarar keltiruvchi narsalar ko‘p. Masalan, mast qiluvchi ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning sog‘lig‘imiz uchun zarari katta. Chunki mast qiluvchi ichimliklar inson aql-hushini ketkazadi, unga har taraflama ziyon etkazadi. Tamaki esa salomatligimizning asosiy kushandasidir. Hatto uning hidi ham o‘ta zararli. Tamaki chekkan odam xavfli rak kasalligiga chalinishi ilmiy tomondan tasdiqlangan. Yana chekuvchi kishilarning og‘zi, kiyimlari va qo‘lidan badbo‘y hid kelib turadi. Shunday ekan, bolalar, bunday zararli narsalar o‘rniga foydali bo‘lgan taomlar, meva-sabzavotlarni iste’mol qilish sog‘likka juda foydalidir. – 216 – Janjalkash bola (Ibratli hikoya) okir a’lochi o‘quvchi, ammo uni o‘rtoqlari uncha yoqtirmaydi. Chunki u doim kim bilandir janjallashib- tortishadi, murosani bilmaydi. Kuz kunlarining birida bolalar ko‘l bo‘yida yig‘ilishdi. Ular ko‘llar va dengizlar haqida gaplashib, dengizlar ko‘llarga nisbatan sovuqroq va chuqurroq bo‘lishi haqida tortishib qolishdi. Ammo Zokir o‘z odatiga ko‘ra bolalar fikriga qarshi borib, o‘zining gapini ma’qullardi. Ammo bu gal do‘stlari odatini yaxshi bilishgani uchun uning fikriga qo‘shilishmadi. Shundan keyin ular o‘ynab mayda toshchalarni ko‘lga ota boshlashdi. Bu mayda toshchalar suv sathida cho‘kmasdan turardi. Shu kuni Foruq boshqalarga qaraganda ko‘proq xursand edi. Foruq otgan toshlar suv sathida cho‘kmasdan turganini ko‘rgan Zokir hasad qilib undan so‘radi: “Qo‘lingdagi toshlarni ko‘rsam maylimi?”. Foruq kaftini ochganda Zokir uning kaftidagi toshlarni birma-bir ko‘zdan kechira boshladi. Aslida esa bu toshlar boshqa toshlardan farq qilmasdi. Ammo urush-janjalni yaxshi ko‘ruvchi Zokir unga dedi: “Ko‘rib turibmanki, sen eng kichik va eng engil, qog‘ozdek yupqa toshlarni yig‘ibsan. Bunaqa toshlari bor kishi yutib chiqishi kerak”. Foruq fe’li keng bola edi. Shuning uchun Zokirga qarab dedi: “Gapingga qo‘shilaman, kel, bo‘lmasa toshlarimizni almashtiramiz, bu toshlarni sen olgin-da, qo‘lingdagilarni menga ber”. Lekin bu bilan hech narsa o‘zgarmadi. Shunda avtohalokatga uchrab, cho‘loq bo‘lib qolgan Haydar degan bola Zokirga yaqin borib, unga odob bilan dedi: “Aziz do‘stim, bugun o‘yinda yutib chiqa olmaganing uchun kayfiyating yaxshi emas”. Yutqazgani alam qilib, Zokirning rosa jahli chiqdi va unga qarab baqirdi: “Biz nima qilayotganimizni tushunmaysan, sen cho‘loq!” Zokirning Haydarga aytgan gapi boshqa bolalarga ta’sir qilib: “Nega bunday deysan? Uning ko‘nglini og‘ritding”, deb Zokirga tanbeh berishdi. Zokir qilgan ishidan pushaymon bo‘ldi... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling