Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Hojatxonaga kirgandan keyin
ojatxonaga kirgandan keyin ahamiyat berish kerak bo‘lgan 
ishlar mana bular:
1. Hojatxona eshigini qulflab olish;
2. Kiyimni nopok narsalar tegishidan ehtiyot qilish;
3. Tana a’zolarini pokiza saqlash;
4. Hojatdan so‘ng tozalanish;
5. Tozalanishda chap qo‘lni ishlatish.
6. Hojat chiqarish vaqtida gapirmaslik.


– 208 –
Hojatga kirgan odam hech kimning ko‘ziga ko‘rinmasligi kerak. 
Chunki uyat (avrat) joyini birovga ko‘rsatish yoki birovning 
avratiga qarash aslo mumkin emas. Shuning uchun hojatxona 
eshigini qulflab olish darkor. Hojat ushatayotgan joyda o‘zidan 
boshqa hech kim bo‘lmasligi kerak. Ayrim bolalar ko‘chada o‘ynab 
yurganda hojatxonaga kirishga erinib, daraxt tagi yoki shunga 
o‘xshash odamlar o‘tadigan joylarga tik turib choptiradi. Bu 
holda siydik kiyimiga tegib, uni iflos qilsa, ikkinchidan poyabzal 
iflos bo‘lib, shu iflos narsa bilan uyiga kirishi mumkin. Musulmon 
bolaning kiyimlari hamda tanasi toza va behid bo‘lishi lozim. Agar 
kiyimga yoki badanga najosat tegsa, albatta uni tozalash kerak
shunda ham ketmasa, uni yuvish kerak.
Inson hojatxonada bo‘shanib bo‘lgach, najosat chiqqan a’zoni 
yuvib, tozalanadi. Tozalanishda maxsus qog‘oz, kesak yoki suvdan 
foydalanish ma’qul. Najosat chiqqan joyni oldiniga qog‘oz bilan 
artilib, undan keyin iliq suv bilan yuviladi. Bunda sovuq suvdan 
foydalanilsa, avrat a’zolarini shamollatib qo‘yishi mumkin. 
Tozalanishda tezak va suyak kabi narsalarni ishlatish aslo mumkin 
emas. Tozalanish paytida chap qo‘ldan foydalanish kerak. Chunki o‘ng 
qo‘lni odamlar bilan so‘rashish va ovqat eyish uchun ishlatiladi. 
Hojatxonada qilish ta’qiqlanadigan ishlar
ojat ushatish paytida ba’zi ishlarni qilish mumkin emas. 
Jumladan:
1. Qiblaga qarab yoki orqa qilib o‘tirish;
2. Ko‘p o‘tirish yoki mudrash;
3. Birov bilan gaplashish;
4. Biror narsani qo‘lida tutib o‘qish; 
5. Eyishga ulgurmagan narsani olib kirib u erda eb-ichish;
6. Suv va qog‘ozni ko‘p ishlatish;
7. Tozalanish paytida suvni sachratish;
8. Uzrsiz tik turib yozilish;
9. Zaruratsiz avrat a’zosiga qarash;
10. Hojatxonani iflos qilib chiqish.


– 209 –
Ochiq erda hojat ushatishga to‘g‘ri kelib qolsa, quyidagi ishlar 
ta’qiqlanadi:
1. Oy yoki quyoshga qarab o‘tirish;
2. Shamol esayotgan tomonga qarshi o‘tirish;
3. Oqayotgan yoki to‘xtab turgan suvga choptirish;
4. Ekinzorga yoki mevali daraxt ostiga yozilish;
5. Qabristonga hojat ushatish;
6. Teshik va kovakka siyish;
7. Hasharotlar ustiga hojat ushatish. 
8. Odamlar yoki hayvonlar o‘tadigan yo‘l ustida hojat ushatish.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling