Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Uyqudan erta turishni o‘rganing
yqudan erta turish yaxshi odat. Erta turishning juda ko‘p 
foydalari bor.
Maktab o‘quvchilari kun chiqmasdan oldin o‘rnidan turib, o‘z 
yumushlarini bajaradilar. Ular yuz-qo‘llarini yuvib, nonushta 


– 203 –
qilib, so‘ng maktabga borishga tayyorgarlik ko‘radilar. Ammo 
kichik bolalar kechroq uyg‘onsalar ham zarari yo‘q.
Uyqudan erta turish uchun nima qilish kerak?
uning uchun uchta narsaga e’tibor berish zarur:
– bolalar kechqurun hammadan ertaroq uxlashlari 
kerak. Chunki erta yotgan bola erta turishi oson bo‘ladi;
– uyquga yotayotgan bola “ertalab barvaqt uyg‘onaman”, deb 
niyat qilishi kerak;
– uxlashdan avval kattalarga: “Meni erta roq uyg‘otinglar”, deb 
tayinlashi lozim. Ba’ zi bolalar kun chiqquncha o‘rnidan turmasdan 
yotaveradi. Birov uyg‘otsa ham turishga erinib, kattalarning 
undovini kutadi. Unday bola – yalqov va dangasa, deyiladi.
Erta turishning foydalari
yqudan erta turishning aql, badan va iymonga foydasi bor. 
Aqlning tiniqlashib, yaxshi ishlaydigan vaqti tong paytiga 
to‘g‘ri keladi. Ana shu paytda uyqudan turgan bolaning aqli tiniq 
va o‘tkir bo‘lib, miyasi yaxshi ishlaydi. Bunday bolaning darsida 
ham, ishlarida ham unum va baraka bo‘ladi. U kechgacha g‘ayratli 
va xursand bo‘lib yuradi. O‘rtoqlari bilan ham xushchaqchaq va 
quvnoq holda o‘ynaydi.
Tana doimo sog‘ bo‘lishi uchun har kuni ertaroq turishga 
odatlanish kerak. Ertalab badantarbiya bilan shug‘ullanish 
sog‘liqni mustahkamlaydi. Uyqudan kech turgan bola o‘zini lanj 
va lohas his etadi.
Uyg‘ongandan so‘ng
yg‘ongandan so‘ng qilinadigan ishlar mana bulardir: 
1. Uyg‘ongach, Yaratganga shukr qilish;
2. Kiyimlarni kiyish;
3. Joyni yig‘ishtirish;
4. Xonani shamollatish;


– 204 –
5. Badantarbiya;
6. Atrofdagilar bilan so‘rashish.
7. Nonushta;
8. Maktabga tayyorgarlik;
9. O‘qishga borish.
Demak, siz uyqudan ko‘zingizni ochgan zahoti uyg‘onish 
duosini o‘qiysiz. Duodan so‘ng kiyimlaringizni kiyasiz. O‘rin-
ko‘rpalarni chiroyli qilib yig‘ib qo‘yasiz. 
Tuni bilan xona dimiqib qolgan bo‘ladi. Shuning uchun 
derazalarni bir oz ochib, havoni almashtirish kerak.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling