Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
Odobli bolaning belgisi
dobli bola biron nojo‘ya ishni bilmasdan qilib qo‘ysa, kishilar unga qarashi bilan ishi noto‘g‘ri ekanini tushunib, xijolat chekadi, qilgan ishidan o‘zini noqulay his etadi va uyaladi. Agar shu vaqtda bir kishi nasihat qilsa, uning aytgani o‘zining foydasiga aytilayotganini o‘ylaydi. Biroq indamay yo‘liga ketmasdan nasihat qilgan kishiga: “Bilmasdan qilib qo‘yibman. Boshqa bunday xato ishga qo‘l urmayman!” deb kechirim so‘raydi. Ammo odobsiz va tarbiya ko‘rmagan bola esa undan farq qiladi, xato ishlarini tushunib etmaydi. Agar unga biron kishi nasihat qilsa, nasihat qiluvchiga qattiq gapirib, so‘zini e’tiborga olmaydi, hatto unga hurmatsizlik qiladi. Aziz bolajon, shuni doim yodda saqla: odobli bola har qancha ko‘rimsiz bo‘lsa ham tarbiyali va odobli bo‘lgani uchun uni hamma yaxshi ko‘radi. Odobsiz bola har qancha chiroyli bo‘lsa ham, e’tibor qozonmaydi. Ustiga shinam va yaxshi liboslar kiyib olganiga qaramay hech kim unga havas bilan qaramaydi. Chunki bolaga baho berilganda hamma vaqt uning odobiga qaraladi, kiyimlariga emas. Odobli bolaning kundan-kunga qadri va hurmati oshib boradi. Ammo u bundan taltayib ketmaydi, shunday tarbiya bergani uchun ota-onasidan minnatdor bo‘ladi, ular buyurgan xizmatni bo‘yin tovlamasdan bajaradi. Odobsiz bolaning esa kundan- kunga hurmati tushib boradi. Qaysi bola yoshi ulug‘ va keksa kishilarning so‘ziga kirsa, o‘zi ham ulug‘ bo‘ladi. Odobli bola yana o‘zidan kattalar hurmatini bajo keltiradi, duolarini olishga intiladi. Zero, duo odamning o‘sib-unishi uchun qanot vazifasini bajaradi. – 197 – Odobli bolani har kim xush ko‘radi va uni maqtov bilan tilga oladi. Qanday ishni qilmoqchi bo‘lsalar, odamlar odobli bolaga ishonadilar. Ammo tarbiya ko‘rmagan bolani hech bir ishga yaqinlashtirmaydilar, unga biron yumushni ishonib topshira olmaydilar. Balki uni izza qilib, beodobligini yuziga soladilar. Ota-ona uchun tarbiya topgan bola katta boylikdir. Odobli bolani hech qanday boylikka almashtirib bo‘lmaydi. Chunki boylik bilan odob-axloqni sotib olish mumkin emas-da! Yana odob bilan erishish mumkin bo‘lgan yutuqlarga boylik bilan etib bo‘lmaydi. Ey farzandim, endi o‘zing ayt-chi: milliard so‘m puli, qo‘sha- qo‘sha dang‘illama uy-joylari, turli rusumdagi mashinalari bor odam boymi yoki bir odobli farzandi bor odammi? Boyligi bisyor odamning o‘g‘li beodob bo‘lsa, qanday xunuk, boyligi o‘rtacha yoki kambag‘al kishining farzandi odobli, o‘qishlari a’lo bo‘lsa, qanday chiroyli?! Ikkovini bir-biriga qiyoslash aslo mumkin emas. Demak, boylik hamma narsani hal qiladi, deb o‘ylash to‘g‘ri emas. Haqiqiy iste’dod, adolat, odob-axloq, insof va imon-e’tiqod oldida boylik juda ojiz narsa bo‘lib qoladi. Odobli bola haqorat va qarg‘ish olmaydi. O‘zi birovlarni so‘kib, haqorat qilmaydi, boshqalarning so‘kinishi va haqoratiga sabab bo‘lmaydi. Odobli bola qilgan ishlari yoki o‘zida bor fazilatlar bilan maqtanmaydi, kerilmaydi, kekkaymaydi, balki kamtar bo‘ladi, o‘zidagi fazilatlarni do‘stlari bilan baham ko‘radi, muloyim, ochiqqo‘l va ochiqko‘ngil bo‘ladi. Bu “meniki”, bu “seniki” deb ajratish, hamma vaqt faqat o‘zini o‘ylash, boshqalar bilan ishi bo‘lmaslik odobli bola sha’niga durust emas. Demak, bolaning kelajakda baxtli va tole’li bo‘lishi uning odob-axloqi va qanchalik ilm olishiga bog‘liq. Bola ota-onasining so‘ziga kirsa, aytganlaridan chiqmasa, bergan maslahatlarini jon deb qabul qilsa, bunday bola ulg‘ayganida, albatta baxtli bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling