Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaysi biri yaxshiroq
Bolalar lug‘ati
Odob – yaxshi xulq, tarbiya va xushmuomalalik. Axloq – inson tabiati, muomala, xatti-harakati va odobi. Tarbiya – ta’lim, axloq-odobni o‘rgatish, insonni voyaga etkazish va ulg‘aytirish. Eslab qoling: “Odob har bir inson amal qilish kerak bo‘lgan hayot qonunidir. Inson aynan odobi bilan tilsiz va aqlsiz hayvonlardan ajralib turadi”. Foydali nasihatlar 1. “ Har kimda odob bo‘lsa, unda ilm ham bo‘lishi qanday yaxshi. Chunki odob aql bilan chambarchas bog‘liq. Agar aql ustiga odob ham qo‘shilsa, nur ustiga nurdir. Ulug‘lik aql va odobdan yuzaga keladi. Aqlning qadri odob, boylik qadri saxovat va kuch-quvvat qadri bahodirlik tufayli oshadi” (“Favoqihul-julaso”). 2. Yahyo ibn Muoz shunday dedi: “Qalb ko‘krakdagi qozonga o‘xshaydi. Shu qozonda qaynagan narsani suzib oladigan cho‘mich tildir. Kimligini bilmoqchi bo‘lsang, uning so‘ziga e’tibor ber. Chunki til senga qalbdagi shirin, nordon, xushta’m va achchiq narsalarni ko‘rsatadi”. 3. Odob xulqni chiroyli qilish, so‘z va harakatni tuzatishdir. 4. Go‘zal sifat va chiroyli xulq bilan bezanmagan kishini chiroyli kiyimlar hech qachon ko‘rkam qilolmaydi. – 191 – Qaysi biri yaxshiroq? (Ibratli hikoya) ozordan savat ko‘tarib qaytayotgan uch ayol dam olish uchun yo‘l chetidagi o‘rindiqqa o‘tirishdi. Bir-biri bilan o‘z o‘g‘illari haqida gaplasha boshladi. Birinchi ayol shunday dedi: “O‘g‘lim juda ham chaqqon bola. Hatto bir necha daqiqa oyog‘ini osmonga qilib, qo‘lida tik yura oladi”. Ikkinchi ayol ham o‘g‘lini maqtab qoldi: “O‘g‘limning bulbuldek ovozi bor, eshit- gan odam erib ketadi”. Uchinchi ayol o‘g‘li to‘g‘risida lom-mim demadi, ikki ayolning gaplariga jimgina quloq solib o‘tirdi. Ikki ayol sen nega gapirmaysan, deb undan so‘rashganida tortinibgina shunday dedi: “Mening o‘g‘limda aytarli birorta alohida fazilat yo‘q. Alloh bergan bir bola-da”. Bir qariya nariroqda ayollar nima deb gaplashayotganiga quloq solib turgan edi. Ayollar yo‘lga tushib, yuk ko‘tarib og‘riyotgan bel va qo‘llarini ishqalab silay boshlashdi. Shu payt uch bola oldilariga chopib kelishdi. Bular uch ayolning o‘g‘illari edi. Birinchi ayolning o‘g‘li oyoqlarini osmonga ko‘tarib qo‘li bilan erda tik yurishni amalda ko‘rsatdi. Ikkinchi ayolning o‘g‘li xarsang tosh ustiga chiqib, onasi yaxshi ko‘rgan qo‘shiqni xushovozda kuylay boshladi. Ayollar hursand bo‘lishib, uni olqishlab chapak chalishdi. Uchinchi ayolning o‘g‘li esa onasi oldiga kelib: “Oyijon, savatni menga bering, uni men ko‘tarib boray”, dediyu uni ko‘tarib yo‘lga tushdi. Ayollar kuzatib turgan qariyadan qaysi birimizning o‘g‘limiz yaxshi ekan, deb so‘rashdi. Qariya: “Onasiga yordam berishga shoshilgan o‘g‘ilni yaxshi bola desa bo‘ladi”, deb javob berdi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling