Odob nima?
urmatli bolalar, bilasizlarmi, odob so‘zi qanday ma’no
beradi? Yaratgan Parvardigorga ham, odamlarga ham
ma’qul va maqbul odatlarga “odob-axloq” deyiladi. Odob yaxshi
ishlar va chiroyli so‘zlardan iborat. Har bir inson yaxshi odamga
aylanishi uchun odob-axloqni boshqalardan o‘rganib, o‘zi ham
uni boshqalarga etkazadi. Ma’lumki, inson yashashi uchun har
kuni turli ishlarni bajarishi kerak. Masalan, uyqudan uyg‘onish,
yuvinish, kiyinish, ovqatlanishning har biri uchun alohida qoidalar
bor. Mana shu qoidalarni odob, deb aytiladi. Bunga kiyinish odobi,
ovqatlanish odobi, uxlash odobi va hokazo odoblar misol bo‘ladi.
Bolajonlar, shuni bilingki, tanamiz harakati bevosita ruhimizga
bog‘liq. Agar tabiatimizga go‘zal fe’llar va yaxshi odatlar o‘rnashsa,
a’zolarimiz harakati ham shunga qarab yaxshi tomonga o‘zgaradi.
Bunga “yaxshi axloq”, deyiladi. Agar tabiatimizga yomon odatlar
o‘rnashsa, a’zolarimiz harakati ham shunga qarab yomonlashadi.
Bunga “yomon axloq” deyiladi. So‘z, harakat va xulqimiz yaxshi va
go‘zal bo‘lishi uchun ruhimizni yomon xulqlardan poklab, uni yax-
shi fe’l va go‘zal odatlar bilan ziynatlash kerak. Dunyoda odamlar bir-
birlari bilan salomlashib, muloqot qiladi, bir-biri bilan bordi-keldi
qilib, o‘zaro munosabat o‘rnatadilar. Bu ishlarni muomala, deyiladi.
Hayotda muomala turlari juda ko‘p. Muomala turlaridan har biri
uchun muayyan tartib va qoidalar bor. Bu qoidalar ham odobga ki-
radi. Masalan, salomlashish odobi, so‘zlash odobi, mehmon kutish
odobi va hokazo. Demak, odob qoidalari ikkiga bo‘linadi:
1) Shaxsiy odoblar; 2) Muomala qoidalari.
Shaxsiy odoblar har bir inson yolg‘iz o‘zi bajaradigan qoidalar-
dir. Muomala qoidalari – boshqalar bilan birgalikda bajariladigan
odoblar.
– 186 –
Do'stlaringiz bilan baham: |