Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
Nega inson aziz va mukarram?
olajonlar, kuzatgan bo‘lsangiz, hayvonlar ham ovqat eydi, suv ichadi, uxlaydi, to‘g‘rimi? Odamlar ham xuddi shunday. U holda, inson bilan hayvon o‘rtasida qanday farq bor? Bu haqida hech o‘ylab ko‘rganmisizlar? Agar inson bilan hayvon o‘rtasidagi farqni bilmoqchi bo‘lsak, shu ikkovi hayotini kuzatish kifoya. Inson har bir ishni aql, odob va tartib asosida bajaradi. Hayvonda aql yo‘qligi uchun na odob va na qoidaga rioya etmay yashayveradi. U bunday xususiyatdan mahrum etilgan. Shuning uchun adabsiz bolaga tanbeh berilganda hayvonga o‘xshama, deb aytiladi. Hayvon kir-chir holda yuraveradi, uyat va andishani bilmaydi. Shu bois u hech qanday odob-axloqqa rioya qilmaydi. Shundan ham bilamizki, Alloh insonni hayvondan farqlab, ulug‘ maqomga ko‘tardi, unga aql ne’matini ato etib, har bir ishni shu orqali bajarish kerakligini buyurdi. Agar inson o‘z aqlini ishlatsa, birinchi navbatda nima uchun yaratilganini anglaydi, Allohning mavjudligiga iymon keltiradi va unda yaxshi amallar qilib, yomon amallardan tiyilish hissi paydo bo‘ladi. Ayniqsa, aqlli bola o‘z aqliga suyanib, bu olam va borliq qanday yaratilgani, oy, quyosh va yulduzlar osmonda o‘z-o‘zicha va behuda suzib yurmasligi haqida fikrlaydi. Shu tariqa u inson hayoti ham muayyan tartib va qoidaga bo‘ysunishini bilib oladi. Shundan keyin odob, kamtarlik va hayo kabi xulq-atvorlar insonga juda zarurligini tushunib etadi. Demak, odob aqlning mevasi va hosilasidir. Odobsizlik aql kamligi yoki aqlni to‘g‘ri ishlatmaslik oqibatida yuzaga keladi. Shuning uchun odamlar odobsiz bolani hayvon deb ataydi, bir nojo‘ya ishni qilsa, darrov dakki-dashnom berib, aqlni ishlat, deb koyishadi. Odobli bolani maqtab, aqlli bola ekan, odobli bola ekan, deb alqaydilar. Demak, ey aziz farzand, sen ota-onang va qarindoshlaring suyib, erkalaydigan odobli bola bo‘lishni istasang, dastlab yaxshi xulq va go‘zal odoblar nimaligini yaxshilab bilib olishing kerak. Aksincha, bularni bilib olmasang, ularni ranjitib qo‘yishing hech gap emas. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling