Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Ota haqini ado etgan o‘g‘il
(Ibratli hikoya)
adim zamonda qaroqchilar yo‘lto‘sarlik qilib, ojiz va 
zaif odamlarni asir olib bozorda qul qilib sotardilar. 
Kunlarning birida qaroqchilarning qo‘liga bir katta yoshli 
kambag‘al kishi tushib qoldi. Qaroqchilar boshlig‘i unga: “Agar
bozorda qul bo‘lib sotilishni istamasang, menga yuz tilla tanga 
keltirsang, seni ozod qilaman”, dedi.
Shunda kambag‘al kishi oilasiga xat yozib, unga shunday 
so‘zlar bitdi: “Bilaman, sizlarda meni qutqarish uchun to‘lashga 
pulinglar yo‘q. Ammo bu xatni men boshimga tushgan ishdan 
xabardor bo‘lishingiz uchun yozayapman”.
O‘sha kishining g‘oyatda yaxshi va jasur bir o‘g‘li bor edi. Xat 
etib borishi bilan qaroqchilar turgan joyga etib kelib ularga: “Ey 
janoblar! Men otamni tekindan-tekin olib ketmoqchi emasman, 
chunki, bilamanki, siz aslo bunday qilmaysiz. Ammo otam qari, zaif 
va ishga yaroqsiz kishi. Uni qul bozorida sotsangiz ham ko‘p pul 
berishmaydi. Uning o‘rniga mana meni sotsangiz ko‘p pul olasiz”.
Qaroqchilar uning bu taklifiga rozi bo‘lishdi va boshliqlari 
bilan maslahatlashib javob bermoqchi bo‘lishdi. Qaroqchilar 
boshlig‘i bu gapni eshitganida o‘z quloqlariga ishonmadi va qari 
kishining o‘g‘liga ajablanib shunday dedi: “Yo tavba! Bu dunyoda 
mana shunday jasur o‘g‘lonlar ham bormi? O‘zini mana shunday 
qurbon qiladigan kishilar ham bormi bu olamda?! Mendan 
odamgarchilik ketdimi? Otangni sen tufayli avf etdim. Qani endi 
keta qolinglar”.
Faqir ota va uning uchun o‘zini qurbon qilmoqchi bo‘lgan 
o‘g‘li xursand bo‘lib uylariga qaytishdi.
Odobli bola bo‘lish qiyinmi?
dobli bola g‘oyatda qadrli va bebahodir. Xo‘sh, odob-axloq 
har bir bolaning ko‘rki va boyligi ekan, bunga qanday qilib 
erishish mumkin?


– 199 –
Bola odobli bo‘lish uchun ko‘p mashaqqat va riyozat chekishi 
shart emas. Odobli bola bo‘lish uchun hamma maqtalgan sifatlarni 
o‘ziga singdirib, axloq qoidalariga amal qilish kerak. Shunda 
bolaning bilim olishi ham, xulqi ham joyida bo‘ladi. Odob bor 
joyda bilim olish ham oson va barakali bo‘ladi. Chunki odobli 
bolaning har bir ishida tartib va samara bo‘ladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling