Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Duosi mustajob bola
(Ibratli hikoya)
ir kuni mo‘minlar amiri Umar ibn Xattob Madina 
ko‘chalarining birida chopqillab yurgan yosh bolani ko‘rib 
qoldi. Shu onda bolaga qarab:


– 192 –
– Ey bola! Haqimizga bir duo qilgin, Alloh taolo bizga rahm 
qilsin, – dedi. Shunda sahobalar: 
– Ey mo‘minlar amiri, Alloh taolo rahm qilsin, deb shu boladan 
duo so‘rayapsizmi? Axir siz jannat bashorat qilingan o‘n kishidan 
birisiz-ku! – deya ajablanishdi. Shunda Hazrati Umar:
– Ha, men undan haqimizga duo qil, deb so‘rayapman, chunki 
u hali balog‘at yoshiga etib ulgurmagan. Hali uning amallar 
kitobida gunoh amali yo‘q. Shuning uchun uning duosi qabul 
bo‘ladi. Ammo biz mukallaf yoshdamiz, bizning ustimizdan 
qalam yurgizilgan, – deb javob berdi.
Luqmoni Hakimning o‘g‘liga nasihatlari (1)
uqmoni hakim o‘z farzandiga nasihat qilib shunday dedi: 
“Ey o‘g‘lim, uch narsadan birini ehtiyot qil. Avval narigi 
dunyo uchun diningni ehtiyot qil. Ikkinchisi, salomatlik uchun 
hikmatni (tabobatni) ehtiyot qil. Uchinchisi, ta’magir bo‘lmaslik 
uchun pulni ehtiyot qil. Ey o‘g‘lim, nodonlar bilan do‘st tutinma, 
xasisdan biron narsa so‘rama. Ilm o‘rgan, kimda ilm bo‘lmasa, 
hurmat-izzatga etishmaydi. Kimda muloyimlik bo‘lmasa, u 
ilmdan bahra ololmaydi. Kimda saxovat bo‘lmasa, hech kim unga 
do‘st bo‘lmaydi. Kimning do‘sti bo‘lmasa, mol-davlati bo‘lmaydi.
Ey o‘g‘lim, sabrni va o‘z nafsing bilan kurashishni o‘zingga shior 
qil, harom narsalardan tiyilib, topganingga qanoat qil. Birovning 
rizq-ro‘ziga ko‘z olaytirma, shunda o‘zingni qiynashdan qutulasan! 
Taomdan och, hikmatdan to‘q bo‘l. Odamlarning fahmiga yarasha 
so‘zla. Iloji boricha sukutni ixtiyor qil, shunda odamlarning 
yomonligidan omon bo‘lasan. Ahmoqlarga qarshi sukutdan 
ko‘mak qidir. Odamlar senda yo‘q xislatni bor, deb seni maqtasalar, 
bunga kerilmaki, odamlar gap-so‘zi bilan quruq bosh kosasi durga 
aylanmaydi. O‘zingdan kuchlilar bilan nizolashma, o‘zingdan 
zaiflarni erga urma. Badgumonlikka qalbingdan joy bermaki, u 
biron-bir do‘st bilan samimiy yashashingga yo‘l bermaydi.
Ey o‘g‘lim, so‘zlamoqchi bo‘lsang, faqat hikmat va nasihat-
lardan so‘zla, aytganlaringga avval o‘zing amal qil, o‘z kasbing 


– 193 –
va martabangga yarasha so‘zla, odamlarni g‘azab paytida sina, 
do‘stlaringni esa boshingga kulfat va musibat tushganda sina, 
doim maqbul ishlarni amalga oshirishga urin, agar gapirmoqchi 
bo‘lsang, dalil va hujjat bilan gapir. Yoshlikni g‘animat bil, dono 
kishilar bilan hamsuhbat bo‘l. Do‘stlaringni hurmat qil, odamlar-
ga ochiq yuzlilik bilan boq.
Ey o‘g‘lim, ota-onangni doimo hurmat qilib, xizmatlarida 
bo‘l, ustoz va muallimlaringga jonu dilingdan ehtirom ko‘rsat, 
barcha ishlarda o‘rtacha yo‘l tut, kirimga qarab chiqim qil, saxiy 
bo‘l, mehmonni e’zozla, unga tilingni ehtiyot qil, dushmanlardan 
bir lahza ham g‘ofil qolma, biron so‘zni aytishdan oldin uning 
javobini berishni o‘yla, baxil va takabbur kishilardan uzoq yur, 
qanoatni haqiqiy boylik deb hisobla.
Ey o‘g‘lim, ilm talabida bo‘l, qaysar va o‘jar bo‘lma, o‘z 
aytganingda turib olma, o‘zgalar so‘zini ham e’tiborga ol, murosa 
yo‘lini tanla, hamisha odamlar ichida bo‘l, ulardan ajrama, 
keksalarni hurmat qil, barchani ehtirom bilan tilga olgin, kimning 
tuzini totgan bo‘lsang, uning haqini ado qilishni unutma.
Ey o‘g‘lim, ust-boshingni toza tut, kim bilan gaplashsang, 
uning o‘ziga yarasha gapni gapir, tunda kishilar bilan suhbat 
qursang, so‘zni yumshoq va ohista gapir, so‘zlayotgan vaqtingda 
bir kishiga qarab gapiraverma, hammaga nazar sol, kam eyish va 
kam uxlash yaxshi ko‘rgan amaling bo‘lsin! O‘zingga nimani ravo 
ko‘rsang, uni o‘zgalarga ham ravo ko‘r. O‘zing yaxshi o‘qimagan va 
bilmagan holda birovga aql o‘rgatma va ustozlik qilma.
Ey o‘g‘lim, sir saqlay olmaydigan kishilarga siringni aytma
hamma ham yaxshilik qiladi, deb o‘ylama, biron kishining baxil 
ekanini bilsang, undan yaxshilik chiqadi, deb o‘ylama, birovning 
ishi tushib oldingga kelsa, uni noumid qilib qaytarma, o‘zingdan 
kattalar bilan hazillashma, uyda bor narsalaringni dushman 
ko‘zidan yashirin tut, o‘z aka-ukalaringni hurmat qil.
Ey o‘g‘lim, bir ko‘rishda sinamay turib, birovni do‘st tutma, 
sinalmagan odamga ishonma, o‘z qadrini bilmaydigan kishilardan 
yaxshilik umid qilma, oftob chiqquncha uxlama, hadeb kulaverma, 
badnom (nomi yoki xulqi yomon) kishilarga suhbatdosh bo‘lma, 


– 194 –
keksalar va ulug‘ kishilar oldiga o‘tib, ulardan oldin yurma
odamlar o‘zaro gaplashayotgan paytda ularning so‘zini bo‘lib, 
gap solma, mehmonning oldida birovga g‘azabingni sochma, 
boshingni esa quyi solmasdan o‘tir...”

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling