Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozodalik sog‘liq garovi
Bolalar lug‘ati
Sog‘liq – sihhat, salomatlik, odamning kasal bo‘lmay salomat holda yurishi. Chora – tadbir, iloj, yo‘l (masalan, qiyin vaziyatdan chiqish yo‘li choradir). Foydali maslahatlar 1. Sog‘ligini o‘ylagan kishi o‘z ovqatining asosiy qismi sabzavotlar, mevalar va bulardan tashqari shifobaxsh taomlardan iborat bo‘lishiga e’tibor qaratishi lozim. 2. Badantarbiya badanni sog‘lom va kuchli hamda a’zolarni mukammal darajaga etkazishdir. – 211 – Chunki inson harakat qilishga yaratilgan, harakatsiz baxt-saodatga erishib bo‘lmaydi. 3. Har kuni badartarbiya qilishga odatlangan odamga dard yaqin kelmaydi. 4. Badantarbiya bilan mashg‘ul bo‘linsa, hech qanday dori- darmonga zarurat qolmaydi. Buning uchun ma’lum bir tartibga rioya qilish ham shart. 5. Badantarbiyani tark etgan kishi yalqov va dangasa bo‘lib qoladi. Zero, harakatsiz qolgan a’zolar zaif va nimjon bo‘ladi. 6. Badanning salomat va quvvatli bo‘lishi insonga eng kerakli narsadir. Chunki o‘qish, o‘qitish, o‘rganish va o‘rgatish uchun inson sog‘lom va tetik bo‘lishi lozim. 7. Tananing rohati taomning ozligidadir. Dilning rohati so‘zning kamligidadir. Ruhning rohati uyquning kamligidadir. 8. Ko‘p ovqat eydiganlar ovqati badhazm bo‘ladi. Ovqati badhazm bo‘lgan kishi doim dardmand bo‘ladi. Ozodalik sog‘liq garovi y farzand, agar badaning sog‘lom va tetik bo‘lishini, aqling o‘tkir va qalbing xushnud bo‘lishini istasang, quyidagi nasihatlarga quloq sol: 1. Qishda har haftada kamida ikki marta issiq suv bilan, yozda esa har kuni bir marta iliq suv bilan yuvin. 2. Uxlashdan oldin va uyqudan turgandan keyin yuzing, qo‘llaring va oyoqlaringni yuv. 3. Odamlar oldida ko‘zing, qulog‘ing yoki burningni o‘ynab kavlama. Chunki bu o‘sha a’zolarga zarar beradi va odamlarni sendan nafratlantiradi. Agar ularni tozalamoqchi bo‘lsang, bir chekkaga o‘tib, toza dastro‘mol bilan artib tozala. 4. Odamlar oldida tishlaringni kavlama va tirnoqlaringni olma. Chunki bu juda xunuk odat. 5. Uxlashdan oldin va uyqudan turgandan keyin misvok va tish cho‘tkalari bilan tishlaringni tozalab yuvgin. Chunki ovqat qoldiqlari milk va tishlarga zarar etkazib, og‘izning hidini buzadi. – 212 – 6. Yuz artiladigan sochiq, tish cho‘tka, uxlaydigan krovat, yostiq, yopinchiq va taroq kabi narsalar alohida o‘zingniki bo‘lsin, ularni sendan boshqa odam ishlatmasin. 7. Suvni toza va sof holida ich. 8. Yuzing, taoming yoki ichadigan ichimligingga pashsha qo‘nishidan ehtiyot bo‘l. Chunki u ko‘pincha yuqumli kasallik mikroblarini olib yuradi, ana shularni senga ham yuqtirishi mumkin. 9. Odamlar senga hurmat-e’tibor va havas bilan qarashlari uchun kiyimlaring tozaligiga va ko‘rinishing chiroyli bo‘lishiga e’tibor ber. 10. Zararli hasharotlar bo‘lmasligi uchun yashaydigan uying toza bo‘lishiga harakat qil. 11. Sen uxlaydigan xonaning havosi buzilmasligi uchun quyosh nurlari kirib turadigan tarafda bo‘lsin. 12. Maktab qurollari va uyda o‘ynaydigan o‘yinchoqlaring tozaligiga rioya qil. Shunda ularning ko‘rkamligi saqlanib, bolalar bilan o‘ynaganda qo‘llari kir-chir bo‘lmaydi. Qo‘llaring yoki kiyimlaringni siyoh bilan ifloslama. 13. Doimo toza joylarda o‘yna va sayr qil. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling