Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Ovqatlanish odobi
y farzand, ovqat eyishning ham bir qancha odoblari 
bo‘lib, har bir bola ularga amal qilishi kerak. Shunday 
qilsa, sog‘ligi yaxshilanib, tana baquvvat bo‘ladi. Ovqatlanish 
odoblariga rioya qilgan bolaning aqli va zehni o‘tkirlashib, har xil 
kasallik va og‘riqlardan salomat bo‘ladi. Bolaning qay darajada 
tarbiyali ekani uning dasturxon atrofida o‘zini qanday tutishidan 
ham ko‘rinib turadi.
Ovqatlanishdan oldin
achon ovqatlanish kerak? Hamma yaxshi biladiki, qachon 
qorin ochsa, ovqat eyishga ishtaha paydo bo‘ladi. Ammo 
ba’zi bolalar ovqatni ko‘rib qolsa, odob va rioyani ham unutib 
darhol ovqatga tashlanadi. Bu ovqatlanish odobi va tartibiga 
ziddir. Shuni unutmaslik kerakki, faqat qorin ochgan vaqtda 
ovqatlanish tanaga foyda keltiradi. To‘q qoringa ustma-ust ovqat 
eyish sog‘liqqa zarar etkazadi. Qorin ochgan paytda eyilgan 
ovqat badanga yaxshi hazm bo‘ladi va uni zo‘riqtirmaydi. Sho-
fe’iyning: «O‘n yildan beri to‘yib ovqat emadim. Chunki to‘yib 
eyish badanni og‘irlashtiradi, fatonatni ketkizadi, uyquni keltiradi 
va sohibini ibodatdan qoldiradi», degan so‘ziga e’tibor bering. U 
zot taom etarli bo‘la turib, nafsini to‘yib ovqatlanishdan tiyganligi 
bejiz emas. Ko‘p ovqat eyish badnafslikni keltirib chiqaradi, sabr-
qanoatli bo‘lishdan uzoqlashtiradi.
Ovqatlanishga tayyorgarlik
vqat payti bo‘ldi, deylik. Demak, o‘z-o‘zidan 
ovqatlanishga ishtahamiz ochiladi. Ayrim beodob 
bolalar daragini eshitgan zahoti ovqat eyishdan oldin bajarish 
lozim bo‘lgan odoblarni unutadi. Ovqat eyishdan oldin qo‘lni 
kir bo‘lsa-bo‘lmasa, darhol yuvib olish kerak va shunga doimo 
odatlanish lozim. Dasturxon va sochiqlar ham ozoda, ovqat 
suziladigan idishlar ham yuvilgan bo‘lishi kerak. Siniq, darz 


– 218 –
ketgan yoki cheti uchgan piyola yoki kosalarda ovqatlanish 
mutlaqo mumkin emas. Dasturxon solishda ko‘proq qiz bolalar 
kattalarga qarashib, dasturxonda qaysi narsa qaerda turishini 
yoshligidan bilib borishi kerak. O‘g‘il bolalar ham dasturxon 
yozish va ovqat keltirishda onasi va opa-singillariga yordam 
bersa, foydadan xoli emas. 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling